Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 0-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 0-0 OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Bahrom Norsafarov: «Bugungi o‘yindagi g‘alaba biz uchun muhim edi»

Bahrom Norsafarov: «Bugungi o‘yindagi g‘alaba biz uchun muhim edi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Tokio-2020 olimpiadasi 2-saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Iordaniya uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Azzeridi Chi ishtirok etib, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

"O‘zbekiston terma jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Bugungi o‘yin biz uchun og‘ir bo‘ldi. Ammo biz yanada kuchliroq bo‘lishga harakat qilamiz. Terma jamoamiz hali yosh.  Kamchiliklarimizni tahlil qilib, xatolarimizni to‘g‘irlashga intilamiz.

Bugungi o‘yinda futbolchilarimiz ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishdi. Bu xatolarni ustida ishlaymiz. Ba’zi vaziyatlarda omad ham kulib boqmaganini ta’kidlash zarur. Birinchi bo‘limda to‘p darvoza to‘siniga tegmay, gol bo‘lganida o‘yin boshqacha kechardi. Bu tarkib endi milliy terma jamoaga aylanadi. Ayollar o‘rtasidagi Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko‘ramiz. Bu tarkibga kirmay qolgan boshqa futbolchilarni ham ko‘rib chiqamiz", - dedi Iordaniya terma jamoasi bosh murabbiyi.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahrom Norsafarov qatnashdi.

"Vyetnamga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan keyin bugungi uchrashuvda g‘alaba qozonish biz uchun muhim edi. Terma jamoamiz futbolchilari borlarini berib harakat qilishdi. Juda ko‘plab vaziyatlarni yuzaga keltirdik, ammo faqat ikkitasidan foydalanishga muvaffaq bo‘ldik. Ikkinchi bo‘limda birinchisiga qaraganda yaxshiroq o‘ynadik.

Bosim natijasida raqibni qiynab qo‘yishga erishdik. Bugungi uchrashuvda hakam ikkita vaziyatda yaqqol penaltini bermadi. Avvalgi uchrashuvda ham o‘yinimizni boshqarib borgan hakam xatolarga yo‘l qo‘ygandi. Mening fikrimcha, bunday musobaqalarga tajribali hakamlarni qo‘yish kerak. Endi Gonkongga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz", - dedi Bahrom Norsafarov.

Manba: UFA
Kiritildi: 18:43, 06.04.2019.
O'qildi: 1491 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик