Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Turkiyada tashkil qilingan “Hestourex 2019” ko‘rgazmasi MOQ nigohida

Turkiyada tashkil qilingan “Hestourex 2019” ko‘rgazmasi MOQ nigohida

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

4-7 aprel kunlari Turkiyada turizm salohiyatlarini namoyish etuvchi ko‘ptarmoqli 3th World Health Sport Alternative Tourism Congress & Exhibition (Hestourex 2019) ko‘rgazma yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu ko‘rgazma o‘z ichiga asosan medisina, turizm va sport yo‘nalishlarini qamrab olgan.

Ta’kidlash joiz, mazkur tadbir Turkiya predizenti devoni tashabbusi ostida tashkil qilingan bo‘lib, mamlakatning bir qator vazirlik va idoralari ham uni qo‘llab-quvvatalmoqda.

“HESTOUREX”ning asosiy maqsadi – professional biznes uchrashuvlarida mamlakatlar o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik orqali muqobil sohalarda turizmni rivojlantirish (sog‘liqni saqlash, sport va boshqalar).
Ushbu tadbirda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov va MOQ xalqaro aloqalar departamenti direktori Kamoliddin Ergashev ham ishtirok etmoqda.

Tashkilotchilar sport sohasida o‘zlarining maksimal imkoniyatlarini O‘zbekiston MOQ vakillariga namoyish etish uchun ularga Qaysari shahrida tur tashkil qilishdi. Ushbu shaharning geografik ahamiyati shunda ediki, hudud dengiz sathidan 1000 metrdan baland nuqtada joylashgan. Toza havo, yaratilgan qulay sharoitlar nafaqat turistlar, balki sportchilar uchun ham ayni muddao. Bu yerga ko‘plab sport turlari, ayniqsa, yengil atletika, velosport bilan shug‘ullanadigan terma jamoalar tashrif buyurib, yuqori qulaylikda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazishlari mumkin. Qishki sport turlari bilan shug‘ullanuvchilarga esa Erdjiyes kurorti o‘z xizmatlarini taklif qilmoqda. Ta’kidlash joiz, kurortning osma yo‘llari o‘tgan quyi stansiyalari dengiz sathidan 2250 metr, yuqori bekatlari esa 3400 metr balandlikda joylashgan.

Ko‘rgazmada e’tiborga olish lozim jihati unda O‘zbekiston MOQ vakillari Turkiyaning sport federasiyalari bilan muzokara va suhbatlar olib borishdi. Ushbu muzokaralar B2B formatidagi biznes uchrashuvlar, xizmat taklif qilayotgan tomonning taqdimotlarini o‘z ichiga olib, qiziqtirgan savollarga javob berildi. Suhbat yakunida ko‘p sohalarda ikki tomonlama hamkorlik borasida muhim kelishuvlar amalga oshdi.

Voqea joyidan eksklyuziv fotoreportaj:

 

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 13:20, 07.04.2019.
O'qildi: 1326 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.