Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Milliy sportimiz Kurash Islom birdamligi sport o‘yinlari dasturiga kiritiladi

Milliy sportimiz Kurash Islom birdamligi sport o‘yinlari dasturiga kiritiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Ayni kunlarda Saudiya Arabistonning Jidda shahrida Islom birdamligi sport federasiyasining navbatdan tashqari Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu yirik anjuman doirasida tashkilotga yangi prezident saylash kun tartibining asosiy masalasi edi. Saylov natijalariga ko‘ra, 2019-2021 yillar uchun tashkilotga prezident sifatida shahzoda Abdulaziz Bin Turki Al Faysal Al Saud saylandi.

Assambleyada saylov jarayonidan tashqari, Milliy olimpiya qo‘mitalari va Xalqaro sport federasiyalari o‘rtasida qator sohalarni birgalikda rivojlantirish, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash chora-tadbirlari bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi nomidan MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov ishtirok etyapti.

Biz uchun quvonarlisi, o‘zbek xalqining milliy sport turi hisoblanmish Kurash endilikda Islom birdamligi sport o‘yinlari dasturiga kiritiladigan bo‘ldi.

Biz tashkilot prezidenti va Bosh kotibi bilan Kurashni Islom birdamligi sport o‘yinlari dasturiga kiritish masalasini muhokama qildik. G‘oya ma’qullandi. Biz Xalqaro Kurash assosiasiyasi prezidenti, Osiyo o‘yinlari departamenti direktori Xaydar Farmon bilan ham bu masala bo‘yicha aloqaga chiqdik va u kishi ham fikrimizni qo‘llab-quvvatladi. Kurashni 2021 yilgi Islom birdamligi sport o‘yinlari dasturiga kiritish uchun kech bo‘lsa-da, 2025 yilgi musobaqaga qo‘shishning imkoni bor. Nasib qilsa, kurashchilarimiz Islom birdamligi sport o‘yinlarida ham o‘z mahoratlarini namoyish qilishadi”, – dedi Jasur Matchanov.

Bizni quvontiradigan jihati, Kurash tobora ko‘plab kompleks sport musobaqalari dasturiga kirib bormoqda. Dastlab 2017 yili Turkmanistonning Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan Jang san’ati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlari, keyinchalik 2018 yil Indoneziya mezbonlik qilgan XVIII Osiyo o‘yinlari dasturiga kirgan Kurash endilikda Islom birdamligi sport o‘yinlari oilasida.

Eslatib o‘tamiz, Jakartada Kurash bo‘yicha 7 vazn toifasida medallar jamlanmasi o‘ynalgan edi. Yaqinda Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) prezidenti Shayx Ahmad Al-Fahad Al-Sabax va Xalqaro kurash assosiasiyasi prezidenti, Osiyo o‘yinlari departamenti direktori Xaydar Farmonning yurtimizga tashrif buyurgan va O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov bilan o‘tgan uchrashuvdan so‘ng keyingi Osiyo o‘yinlarida kurash bo‘yicha 15 ta medallar jamlanmasi o‘ynalishi borasida kelishuvga erishilgan edi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 10:34, 09.04.2019.
O'qildi: 1638 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.