Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Toshkentda O‘zbek jang san’ati bo‘yicha I Osiyo ochiq chempionati o‘tkazildi

Toshkentda O‘zbek jang san’ati bo‘yicha I Osiyo ochiq chempionati o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar
Kecha poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida o‘zbek jang san’ati bo‘yicha I Osiyo ochiq chempionati o‘tkazildi.   O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda mamlakatimiz o‘zbek jang san’ati federasiyasi tomonidan tashkil etilgan chempionatda hamyurtlarimizdan tashqari Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan kelgan 400 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.   Keskin va murosasiz o‘tgan bellashuvlarda Rahmatjon Ahmadjonov, Abdulloh Qobuljonov, Kamron Nurmuhammedov, Sabina Sottiyeva, Zarina Sottiyeva, Madina Asilova, Laylo Norboyeva g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy egalladi.       – Ilk marta tashkil etilgan mazkur musobaqada shogirdlarim muvaffaqiyatli ishtirok etdi, – deydi iste’dodli murabbiy Zuhra Umrzoqova. – O‘zbek jang san’ati bilan qo‘shni davlatlarda shug‘ullanuvchilar sonining ko‘paib borayotgani milliy sportimizning dunyo bo‘ylab rivoj topayotganidan dalolatdir.   Chempionat yakunida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.   8 (1).jpg   12 (1).jpg   19.jpg
Manba: UZA
Kiritildi: 20:07, 09.04.2019.
O'qildi: 2537 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.