Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya 1-1 Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton 3-0 Arsenal
19/09 19:00 Everton 1-0 Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl 2-1 Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao 0-0 Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor 2-1 Buxoro
19/09 21:00 Roma 2-2 Inter
19/09 21:30 Selta 5-0 Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest 0-1 Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya 0-2 Lasio
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum

OCHL. «Lokomotiv» so‘nggi daqiqalarda mag‘lub bo‘ldi

OCHL. «Lokomotiv» so‘nggi daqiqalarda mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasining "V" guruhidan o‘rin olgan "Lokomotiv" Saudiya Arabistonida "Al-Ittihod"ga qarshi yomon o‘yin o‘tkazmadi. Temiryo‘lchilar safardan ijobiy natija bilan qaytishi mumkin edi.

Birinchi bo‘limda Fyodorov shogirdlari to‘la ustunlikka erishib, bir qator vaziyatlar yaratdi. Ammo futbolchilarimiz ulardan samarali foydalana olishmadi.

Ikkinchi bo‘limda vakillarimiz hujum bilan boshlashdiyu, ammo qarshi hujumda jazolanishdi. Zoteev jarima maydoncha ichida raqib hujumchisini qo‘pollik bilan to‘xtatdi. Shamroniy 11 metrli jarima zarbasini golga aylantirdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, "Loko" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi, biroq golni "Ittihod" urib ketdi. Maydon markazida to‘pni qabul qilgan To‘xtaxo‘jayev raqib futbolchisini aldashga urib, to‘pni oldirib qo‘ydi. Muvallad yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, Ilyosovni dog‘da qoldirdi. 2:0 — "Lokomotiv" nokdaunga tushib qoldi.

Fyodorov vaziyatni o‘nglash uchun ba’zi o‘zgarishlarga qo‘l urdi. Natijada mehmonlar asta-sekin o‘zlariga kela boshladi. O‘yinning 70-daqiqasida Arslonmurot Amonov chap qanotdan yetkazib bergan uzatmani Jamshid Iskandarov 11 metrli nuqta ustidan chiroyli zarba bilan golga aylantirdi.

O‘yin tugashiga 8 daqiqa qolganida esa yana o‘sha Amonovning uzatmasidan keyin Rayevas bosh bilan olis yuqori burchakni ishg‘ol qildi.

O‘yin jangovar durang bilan yakunlanadigandek edi. Ammo qo‘shib berilgan daqiqalarda Yovan Jokich maydon markazida oddiy vaziyatda to‘pni raqib futbolchilariga tortiq qildi. Ular tezkor hujumga o‘tib, yana penalti ishlashdi. Fahad al-Muvallad kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol etdi va jamoasiga g‘alabani taqdim etdi.

Ushbu alamli mag‘lubiyatdan keyin "Lokomotiv" 3-o‘ringa tushib qoldi. "Al-Ittihod" va "Al-Vahda" klublari 6 ochko bilan "B" guruhida peshqadamlik qilishmoqda.

OCHL, "V" guruhi, 3-tur
"AL-ITTIHOD" - "LOKOMOTIV" 2:3 (0:0)
Gollar: Nosir ash-SHamroniy (48), Fahad al-Muvallad (50, 90+4-penalti) — Jamshid Iskandarov (70), Filip Rayevas (82)
"Al-Ittihod": Assaf al-Qarniy, Abdulloh al-Amar, Yosin Barnaviy, Ziyod as-Sahafiy, Metyu Yurman, Abdulrahmon al-G‘amdiy, Seku Sanogo, Xolid as-Samiriy, Nossir ash-SHamroniy (Romarinyo 90+1), Abdulaziz al-Bishiy (Karlos Vilyanueva 77), Essam al-Muvallad
"Lokomotiv": 35.Javohir Ilyosov, 28.SHuhrat Muhammadiyev (Davron Hoshimov 52), 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 88.Igor Yelich, 33.Oleg Zoteev, 23.Yovan Jokich, 71.Arslanmurot Amonov, 77.Diyor Turopov (Jamshid Iskandarov 69), 17.Husniddin G‘ofurov, 10.Sardor Mirzayev, 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:41, 10.04.2019.
O'qildi: 7575 marta.
Fikrlar: 25 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик