Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-prisining sanasi o‘zgardi

Dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-prisining sanasi o‘zgardi

Baho:
+ | -

Bir necha kun avval Xalqaro dzyudo federasiyasi o‘z taqvim rejasiga o‘zgartirish kiritgani va unga muvofiq “Katta dubulg‘a” turnirlari orasiga Brazilia turniri ham qo‘shilgani haqida xabar bergan edik. Shu munosabat bilan jahon chempionatidan so‘ng o‘tadigan ayrim musobaqalar taqvimida yana kichik o‘zgarishlar ro‘y berdi.

Biz uchun e’tiborlisi, ular orasida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Gran-prining sanasi o‘zgargani. Xalqaro tashkilotning yil boshida ma’lum qilgan taqvimiga ko‘ra, musobaqa noyabr oyida o‘tishi belgilangan edi. Biroq so‘nggi yangilangan taqvimga ko‘ra, poytaxtimiz mezbonligida kechadigan bahslar 20-22 sentyabr kunlariga o‘zgartirildi.

Shu tariqa Toshkent Gran-prisi jahon chempionatidan so‘ng o‘tadigan dastlabki yirik turnir sifatida belgilanmoqda. Unda kelasi yil bo‘lib o‘tadigan Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolari o‘ynalishi yana bir muhim jihatdir. Eslatib o‘tamiz, Gran-pri musobaqasida shohsupaga ko‘tarilgan dzyudochilar o‘rinlariga qarab mos ravishda 700-490-350 reyting ochkolariga ega bo‘lishadi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 09:33, 10.04.2019.
O'qildi: 2829 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик