Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Saydullo Rahmatov: «Tanqidni to‘g‘ri qabul qilaman»

Saydullo Rahmatov: «Tanqidni to‘g‘ri qabul qilaman»

Baho:
+ | -

So‘nggi yillarda Qarshining «Nasaf» klubi yetakchi futbolchilarni tarbiyalab, uni boshqa klublarga qo‘yib yuborish bo‘yicha boshqa jamoalardan ajralib turibdi.

Deylik, har mavsum «ajdarlar» safini qaysidir mahoratli o‘yinchi tark etadi. Ayniqsa, o‘tgan mavsum «Nasaf» uchun bu borada ancha og‘riqli kechdi: Dragan Cheran, Jasur Hasanov, Bahrom Abdurahimov, Dilshod Rahmatullayev, Sherzod A’zamov kabi tajribali futbolchilar boshqa klublardan qo‘nim topishdi. Joriy yilgi chempionat boshida esa yana bir iqtidorli yarim himoyachi Odil Hamrobekov ham «Paxtakor»ga o‘tdi. Bir necha yillar davomida Qarshi jamoasi chap qanot himoyasida o‘zini ko‘rsatgan Saydullo Rahmatov esa Mirjalol Qosimov boshchiligida yangidan shakllangan AGMK klubi safini to‘ldirdi. Albatta, bu holat olmaliqliklar foydasiga ishlaganiga shubha yo‘q, zero Rahmatovning salohiyati har qanday jamoani kuchaytirishga yetadi. Coca Cola Superliga 3-turidan o‘rin olgan AGMK - «Qo‘qon-1912» uchrashuvi arafasida Saydullo Rahmatov bilan intervyu uyushtirib, o‘zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik.

 

- Saydullo, AGMK jamoasidagi ichki muhit qay darajada?

- Shubhasiz, barchasi yuqori darajada. Futbolchilar ahil va inoq, munosabatlar a’lo, hamma bir-birini hurmat qiladi. G‘alaba qozona olmayotganimizning esa o‘ziga xos boshqa sabablari bor. Bilasiz, mavsum boshida AGMK bosh murabbiyligiga tajribali va mahoratli Mirjalol Qo‘shoqovich tayinlandi. Bu, albatta, bir tomondan xursand qildi. Lekin qo‘l ostidagi yangi o‘yinchilarni o‘rganish, ular miyasiga o‘z g‘oyalarini singdirish ma’lum vaqtni talab etadi. Qolaversa, futbolchilar ham yangi sheriklar bilan maydonda o‘zaro til topishib ketishi oson bo‘lmaydi. Asta-sekin vaziyat izga tushishiga ishonchim komil. Ko‘rasiz, keyingi turlarda mazmunli o‘yin namoyish etib, muxlislarimizni xursand qilamiz. Hozir bu borada barcha birdek ishlamoqda.

- 2-tur doirasidagi «Qizilqum»ga qarshi bahsga tayyorgarlik qanday bo‘lgandi? Raqibning kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rganganmidinglar?

- Albatta, har bir jamoa o‘yin arafasida raqibining turli jihatlarini o‘rganishga intiladi. Tabiiyki, biz ham shunday qildik va navoiyliklarning kuchli va kuchsiz tomonlarini bilardik. Tezkor goldan so‘ng o‘zimizni yo‘qotib qo‘ymadik, oxirigacha kurashdik. Hattoki, hisobni qisqartirishga ham erishdik. Ikkinchi bo‘limda ham ko‘plab hujumlar tashkil qilgan bo‘lsakda, omad bizga emas, mezbonlarga kulib boqdi.

- O‘yinga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida raqib jamoa tarkibidagi legionerlarga ham alohida e’tibor qaratildimi?

- Ha, albatta. «Qizilqum»ning xorijlik futbolchilari haqida yetarlicha ma’lumotga ega edik. Ayniqsa, Elguja Grigalashvilidan ehtiyot bo‘lishimiz, uni to‘psiz qoldirishimiz talab etildi. Lekin gruziyalik legioner o‘zi yaratgan vaziyatlardan unumli foydalanib, jamoasi g‘alaba qozonishida muhim rol o‘ynadi.

- Nikaragualik futbolchi borasida ham yetarli tasavvurga egamidinglar?

- To‘g‘risi, bu futbolchi sirli bo‘lib turgandi. U haqida deyarli ma’lumot yo‘q edi. Ko‘rdikki, yaxshi saviyadagi o‘yinchi ekan.

- Avvalgi faoliyatingizda ko‘plab murabbiylar bilan ishladingiz. Xo‘sh, Mirjalol Qosimov o‘yin uslubi bilan boshqa hamkasblaridan farqlanar ekanmi?

- Har bir murabbiyning o‘ziga yarasha o‘yin falsafasi bor va Mirjalol Qo‘shoqovich ham bundan mustasno emas. Bizdan talab qilinayotgan futbol qisqa paslar, har bir chiziqda kurash olib borishga asoslanadi. Eng asosiysi, futbolchilar bilan munosabatlari yaxshi. Talabchan, har bir shogirdiga belgilangan vazifa bajarilmagunicha tinim bilmaydi.

- Tanqidga qanday qaraysiz?

- Tanqid yaxshi narsa. Chunki futbolchining aybi va nuqsonlari o‘ziga bilinmaydi. Atrofdan qaralganda esa yaqqol namoyon bo‘ladi. Shuning uchun asosli tanqid va foydali maslahatlarni to‘g‘ri qabul qilaman.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 12:53, 11.04.2019.
O'qildi: 1869 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.