Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

Namanganda O‘zbekiston U-19 termasiga nomzodlar saralandi

Namanganda O‘zbekiston U-19 termasiga nomzodlar saralandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jayev 8-10 aprel kunlari Namanganda bo‘lib, terma jamoaga nomzod futbolchilarni saralab oldi.

10 aprel kuni “Navbahor” PFKga qarashli “Navbahor - Umid” futbol maktabining sun’iy maydonida Namangan viloyat akademiyasi tarbiyalanuvchilari ikkiga bo‘linib, o‘yin o‘tkazishdi va Otabek G‘ulomxo‘jayev mazkur bahsda O‘zbekiston U-19 termasiga nomzodlarning o‘yinlarini ko‘zdan kechirdi.

Shu kuni tushdan so‘ng, To‘raqo‘rg‘ondagi “Yoshlik” stadionida Namangan viloyat akademiyasi hamda Aleksandr Lyan boshchiligidagi “Navbahor - U-18” jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu bahsni ham O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jayev diqqat bilan kuzatib, terma jamoaga nomzod futbolchilarni saralab oldi.


Ushbu bahsda “Navbahor – U-18” jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. G‘olib jamoaning gollariga Abdurasul Qayumbayev va Azizbek Zokirov mualliflik qilishdi.


Shu tariqa O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jayevning Namanganga uyushtirgan tashrifi yakunlandi.

Manba: Stadion
Kiritildi: 13:49, 11.04.2019.
O'qildi: 2094 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.