Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Toshkent xalqaro dzyudo musobaqasiga mezbonlik qiladi

Toshkent xalqaro dzyudo musobaqasiga mezbonlik qiladi

Baho:
+ | -

12-15 aprel kunlari Toshkent shahrida dzyudo bo‘yicha kadetlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo ochiq kubogi bo‘lib o‘tadi. Turnirda 6 mamlakatdan 250 ga yaqin ishtirokchi o‘z omadini sinab ko‘radi.

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, 12-13 aprel kunlari kadetlar toifasidagi bellashuvlar o‘tkazilsa, 14-15 aprel sanalarida yoshlar o‘z mahoratini namoyish etishadi. Ta’kidlash joiz, mazkur musobaqa har yili Uchqun Murodov xotirasiga an’anaviy tarzda o‘tkazilib, unda yosh iqtidorli dzyudochilarimiz saralab olinadi.

Bahslar “Universal” sport majmuasida o‘tkaziladi. Musobaqada yurtimiz dzyudochilaridan tashqari Rossiya, BAA, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston terma jamoasi a’zolari ham medallar yo‘lida bahs olib borishadi. Eng ko‘p ishtirokchilar O‘zbekiston (111) va Qozog‘iston (82) jamoalarida qayd etilgan.

Vazn toifalari:

O‘smirlar: -50 kg (16 ishtirokchi), -55 kg (26), -60 kg (27), -66 kg (26), -73 kg (18), -81 kg (16), -90 kg (16), +90 kg (16)

Qizlar: -40 kg (6 ishtirokchi), -44 kg (12), -48 kg (9), -52 kg (9), -57 kg (12), -63 kg (14), -70 kg (12), +70 kg (10).

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 15:20, 12.04.2019.
O'qildi: 1563 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик