Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Taekvondo va karate bo‘yicha terma jamoamiz vakillari birga xorij safariga yo‘l olishdi

Taekvondo va karate bo‘yicha terma jamoamiz vakillari birga xorij safariga yo‘l olishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun erta tongda karate va taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakillari navbatdagi xorij safariga yo‘l olishdi.

Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, karatechilarimiz 19-21 aprel kunlari Marokashning Rabot shahrida bo‘ladigan Premyer liga musobaqasiga, taekvondochilarimiz esa Angliyaning Manchester shahriga xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun safarga otlanishdi. Har ikki delegasiyamiz ham Toshkentdan Istanbulga uchadigan reysda birga parvoz qilishmoqda. Hamyurtlarimiz Turkiya poytaxtidan ikki tomonga bo‘linishadi.

Rabotdagi musobaqada Sadriddin Saymatov, Sanjar Abdukarimov, Iqboljon Uzoqov, Doniyor Otabolayev, Bahriniso Boboyeva hamda Barno Mirzayeva yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Ta’kidlash joiz, ushbu turnirda Tokio Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolari o‘ynaladi.

Angliya safariga otlangan taekvondochilarimiz 28 aprelga qadar yig‘in o‘tkazishadi. Yig‘in uchun Manchester shahri tanlanishing ham o‘ziga yarasha sababi bor. 15-19 may kunlari aynan ushbu shahar navbatdagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Mazkur yig‘inda jahonning yetakchi terma jamoalari ham ishtirok etishi vakillarimizning musobaqadan avvalgi jismoniy holatini ko‘zdan kechirib olish uchun ayni muddao. Yig‘inga jalb qilingan sportchilarimiz quyidagilar: Dmitriy Shokin, Nikita Rafalovich, Nigora Tursunqulova, Feruza Sodiqova, Madinabonu Mannopova, Shuhrat Salayev, Valentin Xegay, Charos Qayumova, Svetlana Osipova.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 09:47, 16.04.2019.
O'qildi: 1730 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.