Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 00:00 Barselona 1-0 Xetafe
26/09 17:30 Eron 3-4 Marokash
26/09 18:30 Navbahor 0-3 So‘g‘diyona
26/09 18:30 Dinamo 3-0 Surxon
26/09 20:00 Portugaliya 1-2 Qozog‘iston
26/09 20:00 Argentina - Xorvatiya
26/09 22:00 Las-Palmas 1-1 Betis
26/09 22:00 Espanyol 1-2 Vilyarreal
27/09 00:00 Selta - Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum - Metallurg
27/09 17:30 Tailand - Fransiya
27/09 19:15 OKMK - Lokomotiv
27/09 23:45 Milan - Lechche
28/09 00:00 Valyadolid - Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl - Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe - Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor - Nasaf
28/09 18:00 Udineze - Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton - Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi - Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona

YECHL. «Barselona» yarim finalga yo‘l oldi

YECHL. «Barselona» yarim finalga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasida yarim finalga yo‘l olgan dastlabki jamoaning nomi aniq bo‘ldi.

"Barselona" klubi chorak finalda "Manchester Yunayted"ga qarshi ikkita bahsda raqibdan ustun keldi. Ayniqsa, bugungi javob o‘yinida "ko‘k-anorranglilar" yirik hisobda g‘alaba qozonishdi.

"Kamp Nou"dagi o‘yin butunlay boshqacha ssenariy ostida o‘tishi mumkin edi, agar bahsning birinchi daqiqasida Reshford imkoniyatdan samarali foydalana olganida. Hujumchi Pogbaning uzatmasidan keyin darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, zarba yo‘lladi. To‘p to‘singa tegib, yuqoriga ko‘tarilib ketdi.

Shundan so‘ng "ko‘k-anorranglilar" raqibning xatolarini shafqatsizlarcha jazolay boshladi. Messi o‘ng qanotda Eshli Yangdan to‘pni olib qo‘yib, biroz markaz tomon surildi va o‘z uslubida zarba berib, to‘pni darvoza burchagiga joylab qo‘ydi. Oradan 4 daqiqa o‘tib David de Xea "qovun tushirdi". Maydon egalari yana raqib futbolchilaridan to‘pni olib qo‘yishdi va Lionel jarima maydonchasi yarim aylanasi ichida o‘ng oyoqda unchalik kuchli bo‘lmagan zarba berdi. Darvozabon to‘pni qo‘ltiqlari orasidan o‘tkazib yubordi.

"Barselona" birinchi bo‘lim so‘ngida uchinchi golni urishi mumkin edi, ammo so‘nggi pallada De Xea va himoyachi jamoani muqarrar goldan qutqarib qolishdi. Shunga qaramay, maydon egalari ikkinchi bo‘limda uchinchi to‘pni kiritishdi. Filippe Koutinyo olis masofadan yo‘llagan zarbani "MYU" posboni qaytara olmadi.

Shu tariqa, "Barselona" yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Jamoa final yo‘llanmasi uchun kurashda "Liverpul" - "Portu" juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Yevropa chempionlar ligasi, chorak final, javob o‘yini
Barselona Ispaniya – Manchester Yunayted Angliya 3:0 (2:0)
Gollar: 1:0 – 16 Messi, 2:0 – 20 Messi, 3:0 – 61 Koutinyo.
Barselona – ter Shtegen, Pike, Alba, Serdji Roberto (Nelson Semedu, 71), Langle, Rakitich, Buskets, Artur (Vidal, 75), Koutinyo (Dembele, 81), Messi, Suares.
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Yang, Djons, Lindelef, Lingard (Sanches, 80), Fred, Pogba, Maktomini, Marsyal (Diogu Dalot, 65), Reshford (Lukaku, 73).
Ogohlantirish: Suares (77).
Birinchi o‘yin – 1:0

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 01:58, 17.04.2019.
O'qildi: 6136 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.