Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Messi jangsiz taxtga o‘tirishga yaqinmi?

Messi jangsiz taxtga o‘tirishga yaqinmi?

Baho:
+ | -

Valiahd shahzodalar o‘rtasida ko'hna qit’a hukumronligi va «Oltin o‘lja» uchun kechayotgan jang «Metropolitano»da o‘z yakuniga yetishi kutilgan edi, ammo portugaliyalik boshchiligidagi «Yuventus» «Ayaks»ning pistirmadan bergan zarbasiga dosh bera olmadi. Krish jang maydonida qo‘lidan kelgan hamma ishni qilgan bo‘lsada, Amsterdamlik shavqatsiz yigitlar ularni chetga surib tashlashni uddasidan chiqdi. Krish o‘sha kuni  jang maydonidan «o‘ljasiz» qaytishdan boshqa chora topa olmadi…

«Yuve»ga sarkarda bo‘lib kelganida tifozilar «Yuventus» Yevropani zabt etishiga zarracha shubha qilishmagan edi. Ayniqsa, «Atletiko Madrid»ga qarshi Turindagi to‘qnashuvda Ronaldu tish-tirnog‘igacha qurollanib maydonga tushgan va raqibni chekinishga majbur qilganidan so‘ng, tifozilar uning siymosida ko‘hna qit’ani zabt etganlarini yaqqol ko‘rgandek bo‘lishgandi. Afsuski, Ronaldu kuchli sarkarda bo‘lsada, ko‘zi qonga to‘lgan Amsterdamdan kelgan yigitlarga qarshilik ko‘rsata olmadi… Shunga qaramasdan, tifozilar Krishdan zarracha hafa bo‘lishmadi, hafa bo‘lishlariga asos ham yo‘q edi. Chunki, u qaysar yigitlardan tashkil topgan jamoani ikki bor ranjitishga muvaffaq bo‘ldi, lekin bu ular ustidan g‘alaba qozonishga yetmadi.

O‘sha tunda «Yuventus» lashkari har jabhada «Ayaks»nikidan ortda qoldi va valiaht shahzodaning taxtga o‘tirish imkoniyatlarini keskin kamaytirib yubordi…

«Metrapolitano»ni zabt etish uchun Ronaldudan farqli o‘laroq janubdan yo‘lga chiqqan Messi boshchiligidagi kataloniyaliklardan tashkil topgan jangchi yigitlar yaqindagina Parijni zabt etgan Sulsherning erkatoylarini joylariga o‘tkazib qo‘yishdi.

Taxt uchun asosiy  vorislarning ikkinchisi jangni birinchi safda boshladi va oxirigacha jang maydonida qahramonlik ko‘rsatib  «Qizil iblis» aks etgan bayroqni ko‘tarib kelgan Manchester qo‘shinga yaxshigina talofat yetkazdi.

Shunday qilib, taxt uchun ikki shahzodaning yo‘llari bu yil kesishmaydigan bo‘ldi. Birining kecha qo‘shini raqib oldida ojiz qoldi, ikkinchisi esa, jangda qahramonlik ko‘rsatib lashkarini ortidan yetakladi…

Shunday bo‘lsada, «taxt uchun davogar qolmadi», - deganlar xato qiladi. «Metrapolitano»dagi hal qiluvchi jang oldidan kataloniyaliklar bitta qal’ani zabt etishlari darkor! Bu oson bo‘lmasligi aniq. Sababi, bu qal’a katta ehtimol bilan Britaniyadagi «Enfild» bo‘ladi. Ushbu  qo‘rg‘onni bu mavsum Britaniyada hech kim zabt etganicha yo‘q. Shahzoda taxtga loyiq ekanligini hammaga isbotlashi uchun navbatdagi sinovlarda ham lashkarini ortidan ergashtira olishi kerak. Aks xolda, yangi shahzodalar paydo bo‘laveradi!

«Oltin o‘lja»ning amaldagi egasi  taxtni himoya qila oladigan darajada qudratga ega emasligi boshidanoq ayon edi va bu isbotini topdi. Hamma zamonlarda toju-taxtga kurash ayovsiz bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Bu ikki shahzodadan tashqari yana bir nechta ajoyib jangchilar ham taxtga ko‘z tikib turishibdi.

Leo o‘z lashkarini uzoq kutilgan g‘oliblikka yetaklay oladimi yoki taxtni boshqalar ilib ketadimi hammasini vaqt ko‘rsatadi! Shunday ekan voqealar rivojini katta qiziqish bilan kuzatishda davom etamiz.

Interfutbol

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:50, 17.04.2019.
O'qildi: 11863 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.