“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Xuan Mata faoliyatini “Atletiko”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, “matraschilar” 30 yoshli futbolchi bilan yozda, erkin agentga aylanganda shartnoma imzolamoqchi.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum u 30ta o‘yinda, 5ta gol urgan va 4ta golga ham mualliflik qilgan. Shuningdek Matani “Yuventus”, “Barselona” va PSJ klublari o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.