Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Bugun va besh yil avval...

Bugun va besh yil avval...

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

France Football - jahondagi eng nufuzli nashrlardan biri. Biz uni «Oltin to‘p» sovrini uchun yaxshi ko‘ramiz.

Yaqinda u joriy mavsumdagi eng ko‘p maosh olgan murabbiy va o‘yinchilar bilan tanishtirdi. Hozir murabbiylar mavzusiga to‘xtalamiz. Yuqori beshlikda kutilmagan holatga duch keldik, ammo bu haqda gapirishdan avval hozirgi reytingni mavsum-2013|2014dagisi bilan solishtirsak. Besh yil avvalgi maoshlar miqdori Forbes faktlaridan olingan, ammo boshqa manbalar ham shunga o‘xshash raqamlarni taqdim etishgan.

*** Dastlabki qiziq holat - dastlabki beshlikka Tyerri Anrining ham qo‘shilgani. France Football aniqlik kiritishicha, 25 yarim million - uch oylik maosh va iste’foga chiqarilgani uchun tovon puli. Lekin baribir, summa juda katta va tushunarsiz. «Monako»ning ushbu murabbiydan tezda qutulganini endi angladik. Natijalar yaxshilanmadi, jamoa menejmentida ham tezkor o‘zgarishlar kuzatildi.

*** Pep Gvardiola va Joze Mourinyo - har ikki reytingdan o‘rin olgan murabbiylar. Darvoqe, ularning ikkisi ham klublarini o‘zgartirishgan, ishsiz yurgan Joze esa bu mavsum ispaniyalik hamkasbidan ko‘proq maosh olgan. Qo‘shimchasiga, «MYU» uni muddatidan avval ishdan bo‘shatgani uchun tovon puli ham to‘lagan.

*** Besh yil avval eng yirik maoshlardan biri Rossiyada bo‘lgan. U milliy terma ustozi Fabio Kapelloga to‘langan - 9,5 (ayrim manbalarda 7 ko‘rsatilgan) million yevro. Mazkur jamoaning bugungi kundagi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov bundan ancha kam maosh oladi.

*** Diyego Simeonening «Atletiko»da ish boshlaganiga yetti yildan oshiqroq vaqt bo‘ldi. Uning nima sababdan boshqa top-klubga o‘tib ketmayotgani haqidagi savolga javobni mazkur ro‘yxatdan topish mumkin. «Atletiko» Diyegoni jahonning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyiga aylantirgan, boz ustiga, farq juda katta. Deylik, Joze Mourinyoning maoshi miqdori Simeonenikidan 10 millionga kam.

*** E’tibor bering, yirik miqdordagi maoshlar bir necha marta oshgan. Gvardiola besh yil avval olgan 17,6 million hozir yetakchi beshlikka kirish uchun yetarli emas. Boshqa bir qiziq holat: besh yil avval eng yirik maoshlar «Bavariya», «Chelsi», «Guanjou», Rossiya termasi va «Real»da bo‘lgan. Bu yilgi ro‘yxatda mazkur jamoalarning hech biridan vakil yo‘q.

France Football ma’lumotlariga ko‘ra, kuchli o‘nlikka shuningdek, Anchelotti, Klopp, Venger, Allegri hamda Jardim ham kirishgan.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 21:33, 25.04.2019.
O'qildi: 2279 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик