Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Elsevier – O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining hamkoriga aylandi

Elsevier – O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining hamkoriga aylandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Gollandiyaning jahonga mashhur Elsevier kompaniyasi O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining strategik hamkoriga aylandi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida Gollandiyaning yirik Elsevier kompaniyasi vakillari bilan seminar tashkil etildi. Mazkur yig‘ilishni MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov olib bordi.

Shuningdek, unda Elsevier kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Aliya Ospanova, MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari, jismoniy tarbiya va sport sohasida tadqiqotlar olib borayotgan bir guruh yosh olimlar, talaba va magistrlar olib bordi.

“Men mamlakatimiz sporti ilmiy sohada ham yuksalanayotganidan xursandman. Ishonchim komilki, sport sohasida faoliyat olib borayotgan ilmiy xodimlarimiz bunday hamkorlik natijasida o‘zlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirgan holda butun dunyoga olib chiqishadi. Bu borada biz ularga yordam berishga tayyormiz”, dedi Jasur Matchanov.

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston MOQ va Elsevier kompaniyasi mutasaddilari o‘rtasida o‘zaro strategik hamkorlik bo‘yicha “Sport va ilm-fan” memorandumi imzolandi.

“Mazkur hamkorlik sportchilarni yirik xalqaro musobaqalarga tayyorlash va yuqori natijalarga erishish, qolaversa, sport ilm-faninining rivojini yangi cho‘qqiga olib chiqishi bilan ahamiyatli. Memorandum jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Jismoniy tarbiya va sport universitetiga mutaxassislar yetkazib berish, mamlakatingizda sport medisinasini rivojlantirish kabi istiqbolli dasturlarni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, MOQ bilan WADA, FIFA, AIBA va boshqa yirik sport tashkilotlarining tajribasidan kelib chiqqan holda sportni metodologik rivojlantirish sohasi ham memorandumda ko‘rsatib o‘tilgan va O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishlarni rivojlantirishni ko‘zlaganmiz”, dedi Aliya Ospanova.

Ma’lumot uchun, Elsevier — jahondagi eng yirik to‘rtta ilmiy nashriyot-matbaa uylarining biri hisoblanib, har yili dunyo bo‘ylab nashr etiladigan barcha ilmiy jurnallarning chorak qismi aynan uning hissasiga to‘g‘ri keladi. Kompaniyaga 1880 yili Gollandiyaning Amsterdam shahrida asos solingan. Shuningdek, kompaniya Buyuk Britaniya, AQSH, Braziliya va boshqa mamlakatlarda o‘z filiallariga ega.

Kompaniya mahsulotlarining obunachi-mijozlari sirasiga butun dunyodagi ilmiy-tadqiqot markazlari, universitetlar, kutubxonalar, vazirliklar va tashkilotlar, shuningdek Yevropa, Amerika va Osiyoning xususiy korporasiyalari kiradi.

Jahon bo‘ylab 30 milliondan ortiq olimlar, talabalar va turli soha mutahassislari nashriyot ma’lumotlaridan foydalanish imkoniga egalar. Kompaniya tomonidan 1 yilda 240 milliondan ziyodroq ma’lumot va maqolalar internet tarmog‘iga joylanib boriladi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 14:48, 27.04.2019.
O'qildi: 1642 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.