"Manchester Siti” va “Barselona” klublari sobiq yarim himoyachisi Yaya Ture futbol agentiga aylandi.
Turening ilk mijozi 19 yoshli nigeriyalik futbolchi Jozef bo‘ldi. U ayni damda Kiyevning “Dinamo” klubida ko‘rikdan o‘tmoqda. Ta’kidlash kerakki, u himoya markazi va yarim himoya ampulalarida o‘ynay oladi.
Eslatib o‘tamiz, Turening so‘nggi jamoasi “Olimpiakos” klubi bo‘lgan edi. U grek jamoasini 2018 yilda tark etgan edi.