Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Yunon-rum kurashi. O‘zbekistonlik Osiyo chempionatida bugun 4ta medal qo‘lga kiritishdi

Yunon-rum kurashi. O‘zbekistonlik Osiyo chempionatida bugun 4ta medal qo‘lga kiritishdi

Baho:
+ | -

Xitoyning Sian shahrida davom etayotgan sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati doirasida bugun yunon-rum kurashi ustalari ham bahslarga kirishdilar. Quvonarlisi, ushbu kun dasturida gilamga chiqqan vakillarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.

-55 kg vazn toifasida kurashgan Nankin o‘smirlar Olimpiadasi chempioni Islomjon Bahromov finalda yaponiyalik Xiromi Katagari bilan bellashdi. Bahsda 1:1 hisobida qayd etilgan bo‘lsa-da, so‘nggi ochko vakilimiz tomonidan qo‘lga kiritilgani ustunlikni Bahromovga taqdim etdi va shu tariqa u Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi.

-63 kg vazn toifasida Rio Olimpiadasida bronza medali sovrindori Elmurod Tasmuradov finalda xitoylik Erbatu Tuo bilan bahsda 3:2 hisobida oldinda borayotgan payt jarohat oldi va murabbiylarimiz tavakkal qilmay, kurashchimizga bahsni davom ettirishga ruxsat berishmadi. Shu tariqa Tasmuradov kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, -130 kg vazn toifasidagi polvonimiz Mo‘minjon Abdullayev ham finalda imkoniyatni boy berib, ikkinchi o‘rinni egalladi.

Jahon chempionati finalchisi Rustam Assakalov (-87 kg) ham qit’a birinchiligidan medal bilan qaytadigan bo‘ldi. Assakalov bronza medali uchun kechgan bellashuvda yaponiyalik Masato Sumidan 9:1 hisobida ustun keldi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 18:50, 27.04.2019.
O'qildi: 2476 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик