Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Olga Zabelinskaya: «Bu yutuqdan keyin ko‘ngilni hotirjam qilib Olimpiadaga tayyorlansam ham bo‘ladi»

Olga Zabelinskaya: «Bu yutuqdan keyin ko‘ngilni hotirjam qilib Olimpiadaga tayyorlansam ham bo‘ladi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Intervyular

Toshkent mezbonlik qilayotgan veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionatining navbatdagi kuni sportimiz uchun unutilmas sanalardan bo‘ldi. Zero, unda hamyurtimiz Olga Zabelinskaya uzoq masofaga o‘tkazilgan poygada g‘alaba qozonib, Tokio Olimpiadasiga ham yo‘llanmaga ega chiqdi. Bu Zabelinskaya uchun musobaqa doirasidagi ikkinchi oltin medaldir. E’tiboringizga Olga Zabelinskayaning MOQga bergan maxsus intervyusini havola qilamiz.

– Olga, navbatdagi Osiyo chempionligi va Olimpiada yo‘llanmasi muborak bo‘lsin. Taassurotlaringiz qanday?
– Taassurot, albatta, yaxshi. Axir Olimpiadaga yo‘llanma oldim. Qolaversa, bu o‘z yurtimda o‘tayogan musobaqa. O‘zbekiston Osiyo chempionatini birinchi marta qabul qilmoqda. Shunday ekan bunday g‘alaba xalqimizga quvonch, yosh velosportchimiz uchun motivasiya beradi. Bu yutuqdan keyin ko‘ingilni hotirjam qilib Olimpiadaga tayyorlansam ham bo‘ladi. Bu faqat mening g‘alabam emas. Unda butun jamoa ishladi: sheriklarim, mexaniklar, direktor va federasiya mutasaddilari. Barchalariga rahmat, deb qolaman.

– Olimpiadaga qayerda va qanday tayyorlanishni rejalashtirgansiz?
– Hali mavsum oldinda. Yil davomida ko‘plab musobaqalarda ishtirok etmoqchiman. Albatta, bungacha taqvimga yana bir nazar tashlab, o‘zim uchun kerakli musobaqalar ro‘yxatini saralab olaman. Asosiy reja bajarildi. Shu bois biroz hordiq chiqarib olsam, yana mashg‘ulotlarni davom ettiraman. Tayyorgarlik borasida aynan bir muqim joyni ayta olmayman. Negaki, turli mamlakatlarda yig‘in va musobaqalarda bo‘lib, jamoamiz bilan ishlab chiqadigan dasturimiz asosida tayyorlanamiz.

– Bugun raqibalaringiz sizga kutganingizdek raqobat tug‘dira olishdimi?
– Deyarli shunday. Taxminan xuddi shunaqa raqobat bo‘ladi, deb kutgan edim, yakunda ham shu sodir bo‘ldi. Individual poygada biroz boshqacharoq vaziyat edi. Ammo bu safar kutganimdek raqobatga guvoh bo‘ldim.

– Rahmat sizga, Olga. Keyingi startlaringizda ham g‘alabalar yor bo‘lsin.
– Rahmat.

Ma’lumot uchun, tennischimiz Denis Istomin Osiyo o‘yinlaridagi g‘alabasidan keyin terma jamoamiz vakillari orasida birinchi bo‘lib Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma olgan edi. Bu borada Olga Zabelinskaya ikkinchi bo‘ldi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 20:07, 27.04.2019.
O'qildi: 2272 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.