Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

«Alpomish» va «Barchinoy» testlarini o‘tkazish Sariosiyodan boshlandi

«Alpomish» va «Barchinoy» testlarini o‘tkazish Sariosiyodan boshlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yilning 29 yanvardagi “O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan umumiy jismoniy tayyorgarlikni belgilovchi sport me’yorlarini o‘z ichiga olgan “Alpomish” va “Barchinoy” testlari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan edi. 

O‘tgan davr mobaynida vazirlik tomonidan aholining barcha qatlamlari o‘rtasida o‘tkaziladigan ushbu testlarni to‘g‘ri tashkil etish, ishtirokchilarning ommaviyligini ta’minlash bo‘yicha hududiy bo‘linmalarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Kuni kecha yurtimizda ilk marotaba ushbu test sinovlari Surxondaryo viloyatining eng chekka hududlaridan biri bo‘lgan Sariosiyo tumani aholisi o‘rtasida o‘tkazildi. 

Ushbu ommaviy sport tadbirida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mutasaddilari hamda soha mutaxassislari ham ishtirok etib, aholining keng qatlamlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan musobaqalarni tashkil etish jarayonini sinovdan o‘tkazildi. 

Musobaqa tarzida tashkil etilgan testlarni 6 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan 100 nafarga yaqin xohlovchilar turli yosh toifalari bo‘lingan holda bajarishdi.

 

Masalan eng yosh ishtirokchilar mokisimon yugurish, arqonda sakrash, tennis to‘pini nishonga urish, joydan uzunlikka sakrash kabi mashqlarni bajarishgan bo‘lsa, 60 yoshdan oshganlar 30 yoki 60 metrga yugurish, 3 kilometrga skandinavcha yurish, past turnikda tortilish kabi shartlarni bajarishdi.

Bayramona va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan tadbirda ishtirokchilari har bir shart bo‘yicha eng yaxshi natijani qayd etishga astoydil harakat qilishdi.

 

Har bir shart bo‘yicha bahslar yakunida murabbiylar va sportchilar ishtirokchilarga o‘zlarining jismoniy imkoniyatlarini yaxshilash uchun bajarishi lozim bo‘lgan mashqlar haqida batafsil ma’lumot berishdi.

 

Sinovlar davomida umumiy jismoniy tayyorgarligini belgilovchi sport me’yorlari bajarishda insonlarga qulaylik yaratish, ishtirokchilar sonini yanada oshirish bo‘yicha turli yosh toifasidagi insonlarning fikrlari tinglandi.

 

Mazkur tadbirni o‘tkazishda orttirilgan tajriba va ishtirokchilarning o‘rinli takliflari asosida musobaqalarni tashkil etish jarayoni takomillashtirilib, barcha hududlarda o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Manba: Minsport
Kiritildi: 11:37, 29.04.2019.
O'qildi: 3885 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик