Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Polvonlarimiz sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatida 10 ta medalni qo‘lga kiritishdi (video)

Polvonlarimiz sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatida 10 ta medalni qo‘lga kiritishdi (video)

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xitoyning Sian shahrida sport kurashlari bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi.

Ushbu chempionatdagi dastlabki medalni 23 aprel kuni erkin kurash bo‘yicha bahslarda 57 kg vaznda ishtirok etgan kurashchimiz Mahmud Shavkatov taqdim etdi.

Chorak finalda mo‘g‘ulistonlik Nasanbuyan Narmandaxni mag‘lub etgan vakilimiz, yarim finalda eronlik polvonga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahslarda esa tojikistonlik Hikmatullo Vohidov ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozongan kurashchimiz bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Navbatdagi bronza medallariga ayollar kurashi bo‘yicha 26 aprel kuni o‘tkazilgan bahslarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan qizlarimiz Aktenge Keunimjayeva (-53 kg), Nabira Esenbayeva (-62 kg) va Nilufar Gadoyeva (-72 kg) sazovor bo‘lishdi.

Chempionatning so‘ngi kunlarida yunon-rum kurashi bo‘yicha bahslar o‘tkazildi. Dastlab, -55 kg vaznda gilamga chiqqan Nankin o‘smirlar Olimpiadasi chempioni Islomjon Bahromov eronlik va qirg‘izistonlik polvonlarni mag‘lub etdi. Finalda esa yaponiyalik Xiromi Katagaridan ustun kelgan Ismoil Osiyo chempioniga aylandi.

Shu kuni 63 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni bo‘lgan yurtdoshimiz Elmurat Tasmuradov, chorak finalda qirg‘izistonlik Amutov.U va yarim finalda Jung.Jni mag‘lub etdi. Biroq, finalda jarohat olgan Tasmuradov finalda xitoylik Erbatu Tuoga imkoniyatni boy berdi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Yana bir yurtdoshimiz Rustam Assakalov (87 kg) chorak finalda turkmanistonlik Ovelekov.Sdan ustun kelgan bo‘lsa, yarim finalda eronlik Nouri.Nga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Uchinchi o‘rin uchun bahslarda Rustam yaponiyalik Masato Sumini mag‘lub etdi.

Shuningdek, -130 kg vazn toifasidagi polvonimiz Mo‘minjon Abdullayev ham kumush medal sohibi bo‘ldi. U finalda eronlik Ghasemimonje.Aga 3:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Jamoamizning ikkinchi oltin medalini -60 kg vazn toifasida bahs olib borgan Islom Bahromov qo‘lga kiritdi. Chorak finalda Xitoy Taypesi va yarim finalda Hindiston vakilidan ustun kelgan Ismoil finalda Shimoliy Koreyalik Ri.Sni mag‘lub etdi.

Shuningdek, yana bir yunon-rum kurashchimiz Jahongir Turdiyev (-97 kg) kumush sohibi bo‘ldi. Finalga qadar koreyalik va xitoylik polvonlardan ustun kelgan Jahongir hal qiluvchi bellashuvda qirg‘izistonlik Uzur Juzupbekovga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shunday qilib, O‘zbekiston vakillari sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatida 2 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronzani qo‘lga kiritishdi.

Manba: minsport
Kiritildi: 12:35, 29.04.2019.
O'qildi: 3232 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.