Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Buyuk futbolchilardan qolgan buyuk raqamlar!

Buyuk futbolchilardan qolgan buyuk raqamlar!

Baho:
+1 | -

Futbolchilar doimo o‘zlari uchun eng chiroyli raqamlarda to‘p surishni yoqtirishadi. Bugun futbol olamidagi eng nufuzli raqamlar haqida gaplashamiz. Bir qarashda arzimagan faktor sifatida ko‘rinadigan bu jihatning futbolda tutgan o‘rni salmoqli. Bugun futboldagi ba’zi bir raqamlarni o‘z o‘yini bilan abadiy «o‘ziniki» qilib olgan haqida so‘z boradi.

Kamtarin va buyuk 5-raqam

5-raqam deganda hammaning ko‘zoldiga "Real Madrid"dagi Zidan kelsa, ajab yemas. Turin super klubidan Madridga ko‘chib o‘tgan Zayniddin Zidan raqam tanlab o‘tirmaydi, birinchi uchragan 5-raqam bilan harakatlana boshlaydi. To‘g‘risiyamda, u agarda 57-raqamni tanlagani taqdirida ham o‘sha raqamni brend darajasiga olib chiqa oladigan  kuchli futbolchi edi. Futbol olamida 5-raqamda to‘p surgan ko‘plab mashhur futbolchilar bo‘lgan, bo‘ladi ham, ammo ular baribir Zizuning soyasida qolib ketishadi. Sababi, Zidan darajasida to‘p sura oladigan futbolchi yana paydo bo‘lishiga ishonish qiyin.
 

O‘z egasini yo‘qotib qo‘ygan 9-raqam

Bu raqamning asl egasi kim ekan degan savolning javobi yo‘q bo‘lgani uchun hech kim ortiqcha bahslashib o‘tirmaydi. Bu raqam futbol olamida shunday mashhurlikka ega-ki, aynan shu raqamdagi futbolchining maydonning qaysi pozisiyasida harakat qilishini darrov sezasiz. Bu raqam ostida Van Basten, Di Stefano, Shirer singari futbolchilar ajoyib mavsumlarni o‘tkazishganidan ko‘pchilikning habari bo‘lsa, ajab emas.

Klassik raqam deb yurituluvchi 9-raqam ostida ko‘plab mega yulduzlar harakat qilishgan va qilishmoqda. Shunday bo‘lsada, yangi asrda ko‘hna raqamning asl egasi sifatida Ronaldoni ko‘rsatsak, adolatdan bo‘lar edi. «So‘yloq» 2002-yildagi Mundialda shunday to‘p surdi-ki, muxlislar: «9-raqamning asl egasi paydo bo‘libdi»,- deb quvonib ketishdi.

Eng muhim va eng chiroylli gollarni kiritgan Ronaldo o‘z raqamiga monand sof xujumchi sifatida Osiyo qit’asida o‘tgan JCHda hammaning yodida abadiy qoldi. To‘g‘ri, undan so‘ng bir nechta ajoyib 9 raqamli futbolchilar yetishib chiqdi, lekin endi futbol o‘zgargan, klassik raqamning egalari endilikda sof xujumchi sifatida istasalar ham harakat qila olmaydigan davr boshlangan edi. Shunday ekan, bu raqamga hos o‘yin ko‘rsatgan hujumchilarning so‘nggisi bo‘lgan Ronaldoni 9-raqamning egasi sifatida qayd etdik

Afsonaviy va befavo 10-raqam

Avvalari internet, televideniya yo‘q davrlarda murabbiylar raqibning 10-raqamdagi futbolchisi kim bo‘lishidan qat’iy nazar eng kuchlisi bo‘lishini yaxshi bilar, shu sababdan chaqqon himoyachilardan biriga 10-raqamdagi futbolchidan ko‘z uzmaslikni ko‘rsatma qilib berishar edi. Darhaqiqat, bu raqamda kimlar o‘ynamagan deysiz, Maradona, Ronaldino, Pele, Platini, Ziko, Pushkash, va boshqa super, mega yuluduzlar tomonidan eng baland cho‘qqiga chiqarilgan raqamni yuqorida keltirilgan futbolchilardan zarracha qolishmaydigan yangi asrning eng kuchli futbolchilaridan biri davom ettirmoqda. Sezganingizdek, gap Leo Messi haqida bormoqda.

Bir qarashda Messi bu raqam ostida to‘p surgan eng kuchli futbolchi desak, sizga erish tuyular, biroq «oldingdan oqqan suvning qadri bo‘lmaydi»,- deganlaridek, ko‘p o‘tmay Messi butsalarini mixga ilganidagina uning  naqadar buyuk o‘yinchi ekanligini chuqur his etsak kerak. Ungacha u ko‘z oldimizdagi ajoyib futbolchi bo‘lib qolaveradi…

Olifta va o‘zgacha 7-raqam

Jorj Best, Garincha, Bebeto, Littbarski, Brayn Robson, Raul, Andrey Shevchenko, Luish Figo, Erik Kontana, David Bekham, va Ronaldu….

Bu yigitlarning qolganlardan farqi shundaki, ular futbol olamiga o‘z uslubini olib kirish orqali futbolni yanada tomoshabop va mashhur qilish uchun ulkan hissa qo‘shgan. Yuqorida nomi zikr qilingan futbolchilar 7-raqamning qiymatini ko‘tirishgan bo‘lsa, Ronaldu uni brend darajasigacha olib chiqdi. Futbolchi Manchesterda ham, Madridda ham bu raqam ostida shunday o‘yin ko‘rsatdiki, qolgan jamoalar ham o‘zlarining 7-raqamlarini kimga topshirish haqida o‘ylanib qolishdi. Hozirda «Yuventus»da to‘p surayotgan «KR7» futboldan olamidan ketgach, anchagacha 7-raqam o‘ziga mos futbolchi topa olmay qiynalib qolishi aniq.

Y.U

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:55, 29.04.2019.
O'qildi: 12640 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.