Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

YECHL, yarim final. «Ayaks» Londonda g‘alaba qozondi

YECHL, yarim final. «Ayaks» Londonda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasining yarim final bosqichi doirasida dastlabki o‘yin bo‘lib o‘tdi. Mavsum kashfiyotiga aylangan «Ayaks» hazillashmayotganini yana bir marta isbotladi. Amsterdamliklar Londonda «Tottenxem»ni mag‘lub etishdi.

Erik ten Xag shogirdlari bahs boshidanoq qo‘rqmasdan, dadil harakat qila boshladilar. Ular to‘pni ajoyib tarzda nazorat qilib, "Tottenxem" futbolchilarini to‘psiz yugurishga majbur qilishdi. Gollandlarning hujumlari tobora keskin ko‘rinish ola boshladi va 15-daqiqada hisob ochildi.

Ziyeshning uzatmasini Donni van de Beek so‘ngi himoyachi bilan bir chiziqda qabul qildi va yakkama-yakka vaziyatda Ugo Lyorisni dog‘da qoldirdi. Oradan 9 daqiqa o‘tib amsterdamliklarning yana bir chiroyli kombinasiyasi naf keltirishi kerak edi. Tadich bu safar o‘tkir burchak ostida darvozabon bilan yuzma-yuz holatda qoldi. U o‘zi zarba berishga qaror qildi va uning zarbasini Lyoris oyoqlari bilan qaytardi. Dushan bo‘sh darvoza qarshisida yolg‘iz qolgan van de Beekga pas berganida, hisobdagi farq oshishi mumkin edi.

Birinchi bo‘limning ikkinchi yarmida londonliklar o‘yin sur’atini tenglashtirishdi, ammo ularga gol urish nasib etmadi.

Ikkinchi taymda ustunlik mezbonlar tomonida bo‘ldi, ammo golga tortadigan eng xavfli vaziyatni "Ayaks" futbolchilari yaratishdi. Bahsning 78-daqiqasida Mazraviy o‘ng tomondan oldinga o‘tib, hujumga asos soldi. Ziyeshning uzatmasidan keyin to‘pni qabul qilgan Neres o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p esa ustunga tegib qaytdi. Lyoris joyida qotib qolgandi.

Qolgan daqiqalarda mehmonlar yaxshi himoyalanib, g‘alabani ushlab qolishdi. Javob o‘yini esa 8 may kuni Amsterdamda bo‘lib o‘tadi. Final yo‘llanmasi taqdiri o‘sha bahsda hal bo‘ladi.

Yevropa chempionlar ligasi, yarim final, dastlabki o‘yin
"TOTTENXEM" - "AYAKS" - 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 15 van de Bek.
Tottenxem – Lyoris, Sanches, Alderveyreld, Rouz (Devis, 79), Vertongen (Sissoko, 39), Lukas Moura, Eriksen, Alli, Vanyama, Trippyer (Foyt, 80), Lyorente.
Ayaks – Onana, de Ligt, Talyafiko, Veltman, Blind, van de Bek, Ziyesh (Xuntelar, 87), Tadich, Shene (Mazraui, 65), Neres, de Yong.
Ogohlantirishlar: Talyafiko (30), Veltman (63).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:01, 01.05.2019.
O'qildi: 7637 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик