Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

O‘zbek chavandozlari Markaziy Osiyoda tengsiz...mi?!

O‘zbek chavandozlari Markaziy Osiyoda tengsiz...mi?!

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Yaqinginada mamlakatimiz ot sporti bo‘yicha nufuzli musobaqa – “FEI Jumping Children`s Classic Final-2019” xalqaro bolalar kubogining final bosqichiga mezbonlik qilgandi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Allyur” ot sporti klubida yana bir yirik halqaro musobaqa tashkil etildi. Bu ham bo‘lsa Xalqaro ot sporti federasiyasining O‘zbekistonga bo‘lgan yuksak ishonchidan nishona.

Ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan an’anaviy jahon kubogi bosqichi Markaziy Osiyo mintaqasi saralash bahslarida bu safar ham yurtimiz chavandozlari bilan bir qatorda qo‘shni Qozog‘iston va qirg‘izistonlik chavandozlar g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

Uch kun davom etgan musobaqalarda hamyurtlarimiz o‘zlariga bildirilgan ishonchni to‘la oqladi, deyishga asoslar yetarli. Zotan, uch kun davomida ham o‘zbekistonlik chavandozlar o‘z muxlislarini xushnud etishdi, faqat Millatlar kubogi musobaqasi bundan mustasno.

Darvoqe, jahon kubogi bosqichi doirasida o‘tkazilgan Millatlar kubogi bahslarida bu safar Markaziy Osiyoning doimiy uch vakilidan tashqari Belorus hamda Rossiyadan ham yosh va iqtidorli sportchilar o‘z omadini sinab ko‘rdi. Mazkur yo‘nalishdagi musobaqalarda yurtimiz sharafini Xurshid Olimjonov, Feruz Abdullayev, Bekzod Qurbonov hamda umidli sportchimiz Saidamirxon Turg‘unboyevlar himoya qildi. Keskin va murosasiz kechgan bellashuvlarda omad bu safar Qirg‘iziston terma jamoasi a’zolariga kulib boqdi. Biznikilar ikkinchi, Qozog‘iston terma jamoasi esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Rossiya va Belorus vakillarining esa yurtimizga tashrifi omadsiz chiqdi.

 Ammo, ushbu yo‘nalishda munosib qatnashgan 18 yoshli chavandozimiz S.Turg‘unboyev Xalqaro toifadagi sport ustasi talabini bajardi. Bundan ko‘rish mumkinki, o‘zbek ot sportining ertasi ishonchli qo‘llarda.

Jahon kubogi bosqichining Gran-pri musobaqalari ham o‘ta murosasiz kechdi. Unda omad hamyurtimiz Bekzod Qurbonovga nasib etdi. Terma jamoamiz sardori va o‘zbek ot sporti faxri bo‘lmish G‘ayrat Nazarov esa kumush medalga sazovor bo‘ldi. Qirg‘izistonlik mashhur sportchi Kamil Sabitov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ot sporti bo‘yicha jahon kubogining Markaziy Osiyo mintaqasi ikkinchi bosqichiga 24-26 may kunlari Qirg‘izistonning Bishkek shahri mezbonlik qiladi. Hal qiluvchi uchinchi bosqich bellashuvlari esa Osiyo chempionati hamda olimpiada saralash turnirlari yaqinlashib qolgani sababli kuz fasliga, aniqrog‘i sentyabr oyiga qoldirildi.

Eslatib o‘tamiz, jahon kubogining Markaziy Osiyo mintaqasi saralash bahslari uchta bosqichda tashkil etiladi. Barcha bosqichlarda maksimal yuqori natija qayd etgan chavandoz va oti jahon kubogining final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 10:25, 01.05.2019.
O'qildi: 2224 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик