Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Bokschilar Toshkentda kutib olindi

Bokschilar Toshkentda kutib olindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabar berib o‘tganimizdek, 27 aprel - 1 may kunlari Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida boks bo‘yicha "Geydar Aliyev-2019" xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi va unda ishtirok etgan 7 nafar bokschilarimiz (2003-2004 yillar o‘rtasida) 5 ta oltin, 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘lgan holda, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandilar.

Bugun ana shu turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etgan terma jamoamiz a’zolari yurtimizga qaytib kelishdi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi. Sportchilarimizni kutib olish marosimida O‘zbekiston boks federasiyasi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari, muxlislar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqa yakunlariga ko‘ra o‘zbekistonlik sovrindorlar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

Oltin:

-48 kg: Asrorbek Shahobiddinov
-52 kg: Jahonmurod Imomaliyev
-60 kg: Bekzod Bekmurodov
-70 kg: Login Petrov
+80 kg: Jahongir Zokirov

Bronza:

-46 kg: Bekzod Xoldorov
-57 kg: Lazizbek Fattoyev

Murabbiylar: L.Zokirov, I.Berdiyev

Manba: Stadion
Kiritildi: 23:23, 02.05.2019.
O'qildi: 1726 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик