UYEFA Ukraina terma jamoasining milliylashtirilgan hujumchisi Junior Morayesning ishi borasida rasmiy baynot berdi.
Tartib-intizom qo‘mitasi Lyuksemburg va Portugaliya terma jamoalaridan tushgan shikoyatni ko‘rib chiqib, ularning talabini rad qildi. Shu bois, Shevchenko jamoasining Yevro-2020 saralash bosqichi doirasidagi bu raqiblarga qarshi natijalari o‘z kuchida qoldirildi (Lyuksemburg — 2:1 va Portugaliya — 0:0).