Xalqaro yengil atletika federasiyasining taqvimiga binoan joriy yilning may oyidan boshlab kelasi yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan davr boshlandi. Ma’lumki, yengil atletikachilar belgilangan normativlarni bajarish orqali Olimpiada yo‘llanmalariga ega bo‘lishlari mumkin.
Ta’kidlash joiz, Tokio olimpiadasi uchun ishlab chiqilgan normativlar anchagina murakkablashtirilgan. Taqqoslash uchun: Rio Olimpiadasida ayollar o‘rtasida balandlikka sakrash sektorida shohsupaga ko‘tarilgan 3 ishtirokchi ham bir xil 1.97 m natija qayd etgan va g‘olib urinishlar soniga qarab aniqlangan. Tokio Olimpiadasida esa faqatgina lisenziyani qo‘lga kiritish uchun normativ 1.96 metrni tashkil etmoqda. Batafsil:
Kecha start olgan “Brilliant liga” musobaqasi orqali qator atletlar mazkur normativlarni bajarishga muvaffaq bo‘lishdi. Umid qilamizki, yengil atletikachilarimiz ham mazkur normativlarni bajarib, Tokio Olimpiadasida delegasiyamiz salmog‘iga o‘z xissasini qo‘shishadi. Ma’lumot uchun, mazkur lisenzion davr 2020 yilning 29 iyun kuni nihoyasiga yetadi. Ushbu vaqt oralig‘ida har qanday xalqaro musobaqalarda normativni bajara olgan atletlar Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.