4-5 may kunlari Toshkent shahrida para-pauerlifting bo‘yicha Respublika chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda yurtimizning barcha hududidan 150 dan ortiq sportchi g‘oliblik uchun bahslashdi.
O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assosiasiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu chempionatni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad iste’dodli yosh sportchilarni saralab olish va terma jamoaga nomzodlar ro‘yxatini ko‘zdan kechirishdir. Musobaqada erkaklar -49, -54, -59, -65, -72, -80, -88, -97, 107 vazn toifasida hamda ayollar -41, -45, -50, -55 vazn toifalarida kurash olib borishdi.
Ikki kun davom etgan chempionatda yurtimizning 14 ta hududidan ishtirok etgan para-atletlardan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni Namangan viloyati, 2-o‘rinni Xorazm viloyati, 3-o‘rinni esa Andijon viloyati sportchilari egallashdi. Sovrinli o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.