"Barselona" futbolchisi Ivan Rakitich noqulay ahvolga tushib qoldi, deb yozadi "Sport.es".
Manbaga ko‘ra, futbolchi jamoasi "Liverpul"dan sharmandali mag‘lubiyatga uchraganidan keyin Sevilyaga yo‘l olgan va har yili o‘tkaziladigan bayram festivalini nishonlagan.
"Sevilya" klubi sobiq prezidentining o‘g‘li Xose Mariya del Nido Karrasko esa Rakitich bilan birga tushgan suratini joylagan, unda xorvat kulib turibdi.
Surat keyinroq o‘chirildi, ammo Rakitich "Barselona" muxlislarining tanqidlari ostida qoldi. Muxlislar futbolchining bu harakatidan norozi.