Ayni vaqtda jahonning uchinchi raqamli tennischisi, shveysariyalik Rojer Federer Madridda o‘tayotgan musobaqada fransiyalik Gael Monfis ustidan g‘alaba qozonib, chorakfinalga chiqdi.
Uchrashuv 2 soat 3 daqiqa davom etgan va 6:0, 4:6, 7:6 (7:3) hisobida yakunlangan.
Federer professional faoliyatidagi 1200-g‘alabani qo‘lga kiritdi va bunday natijaga erisha olgan 2-tennischi bo‘ldi.
Federer g‘alabalar soni bo‘yicha faqatgina amerikalik Jimmi Konnorsdan ortda qolmoqda. Amerikalik sobiq tennischi o‘z faoliyati davomida 1274 ta uchrashuvda g‘alaba qozongan.