Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Sud Kokorin va Mamayev ishi bo‘yicha hukm chiqardi

Sud Kokorin va Mamayev ishi bo‘yicha hukm chiqardi

Baho:
+ | -

Moskvada «Zenit» hujumchisi Aleksandr Kokorin va uning ukasi Kirill, «Krasnodar» yarimhimoyachisi Pavel Mamayev va bolalar futboli murabbiyi Aleksandr Protasoviskiy ishi bo‘yicha sud ishi yakunlandi.

Presnya sudi hukmiga asosan, aka-uka Kokorinlar 1 yil-u 6 oy, Mamayev va Protasoviskiy 1 yil-u 5 oy muddat umumiy tartibli koloniyada jazo o‘tashi belgilandi.

Ayblanuvchilar 2018 yil oktyabr oyidan buyon tergov hibsxonasida saqlanayotgani, tergov izolyatoridagi bir kun koloniyadagi 1,5 kunga tenglashtirilgani hisobiga Mamayev va Protasoviskiy 2019 yil noyabr oyida, Kokorinlar esa dekabrda ozodlikka chiqishadi.

Jinoiy ish figurantlari 2018 yil 8 oktyabr tongida Moskva markazida ro‘y bergan ikkita mushtlashuvda ishtirok etishgan, hodisa oqibatida haydovchi Vitaliy Solovchuk, Minpromtorg departament direktori Denis Pak va «NAMI» ilmiy markazi bosh direktori Sergey Gaysin jarohat olishgan.

Manba: KUN
Kiritildi: 11:07, 10.05.2019.
O'qildi: 4008 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик