Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Paradzyudo: Boku Gran-prisining ilk kunida 5ta medal qo‘lga kiritildi

Paradzyudo: Boku Gran-prisining ilk kunida 5ta medal qo‘lga kiritildi

Baho:
+ | -
Shu kunlarda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida paradzyudo bo‘yicha Gran-pri turniri o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etayapti.   Mazkur musobaqa Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlariga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etishi bilan ham ahamiyatli sanaladi. Shu bois unda eng kuchli paradzyudochilar bahs olib bormoqda.   Bugun o‘tkazilgan musobaqaning ilk kungi bellashuvlari o‘zbekistonlik sportchilar uchun sermahsul bo‘ldi. Vakillarimiz Boku gran-prisining birinchi kunidayoq ikkita oltin va uchta bronza medalini qo‘lga kiritdi.   Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmatidan xabar berishicha, O‘zbekiston sport delegasiyasiga dastlabki oltin medalni 73 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida bahslarga kirishgan buxorolik Feruz Saidov taqdim etdi. Birinchi uchrashuvda braziliyalik Pimentelya Luanni ippon bahosi evaziga mag‘lub etgan vakilimiz navbatdagi bahsda qozog‘istonlik Dalet Temirjandan ustun keldi. Yarim finalda Ozarbayjon vakiliga munosib qarshilik ko‘rsata olgan yutdoshimiz hal qiluvchi final bahsida ukrainalik Rufat Magomedovni ham mag‘lubiyatga uchratdi va shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.   81 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasidagi polvonimiz Davurxon Karamatov ham oltin medal sohibiga aylandi. U birinchi bellashuvida AQSH vakilidan ustun keldi. Keyin esa rossiyalik Ruslan Albagachiyevni ippon, ya’ni sof g‘alaba evaziga mag‘lub etdi. Chorak finalda braziliyalik Pereyrani va yarim final meksikalik Avila Sanchesning kuragini yerga tekkizgan polvonimiz finalda mezbonlar vakili Raximli Xuseynni ham dog‘da qoldirdi va 1-o‘rinni egalladi.   Boku tatamilarida bronza medallarini esa qizlarimiz qo‘lga kiritdi. Lobar Xurramova (-48 kg.) 3-o‘rin uchun bahsda turkiyalik Tasin Yesemdan ustun keldi. Sevinch Salayeva (-52 kg.) esa germaniyalik Ramona Russigni mag‘lub etdi va u ham bronza medali sohibasiga aylandi. Uchinchi bronzani esa 57 kg.gacha vazn toifasida ishtirok etgan Parvina Samandarova qo‘lga kiritdi.
Manba: UZA
Kiritildi: 09:29, 14.05.2019.
O'qildi: 4191 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик