Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Yangi «Toychoq» Muborak, Krish yoki Ronalduning to‘kin hayotidan bir parcha...

Yangi «Toychoq» Muborak, Krish yoki Ronalduning to‘kin hayotidan bir parcha...

Baho:
+ | -

«Yuventus» yulduzi yaqinda 11 million yevro to‘lab, yangi avtomobilga buyurtma berdi, bunaqasi hech kimda yo‘q.

To‘g‘ri, portugaliyalik goleador yangi mashinani 2021 yili oladi. Joriy yilning mart oyi boshida Jeneva avtomobil festivalida Bugatti La Voiture Noire rusumli «toychoq» loyihasi namoyish etilgandi.

Bugatti oilasiga mansub eng zo‘r, chiroyli, noyob va qimmatbaho mashina. Jan Bugattining ikkinchi jahon urushi payti yo‘qolgan shaxsiy avtomobili - Type 57 SC Atlantic texnologiyasi asosida tayyorlanadigan La Voiture Noire sayyoramizda yagonaligicha qoladi. Ya’ni u boshqa ishlab chiqarilmaydi.

Umuman, Ronaldu hashamatni alohida qadrlaydi, dabdabaga xushi baland. Ma’lumki, Krishtianu nochor oilada ulg‘aygan va «kambag‘allik» iborasini aslo eshitishni istamaydi. Aslini olganda, u to‘kin-farovon hayotga munosib, zero, topish-tutishi zo‘r. Krish shunga muvofiq, katta-katta xarajatga bemalol qo‘l uraveradi. Eslasangiz, oldinroq Lionel Messi hayotidagi hashamatga nazar tashlagandik, endi rakursni Ronaldu tomon buramiz. 

Avtomobillar

Portugaliya futboli faxrining lyuks sinfiga mansub avtomobillar kolleksiyasida yakka tartibda ishlab chiqarilgan ajoyib «toychoq»lar yetarli. Lekin Ronaldu Bugatti La Voiture Noirega qadar sotib olgan barcha avtomobillariga chamasi 6,5 million yevro to‘lagan. Yangi «o‘yinchoq»ining bahosi - 11 million (!!!). Ha-ha, noto‘g‘ri yozilmadi - «Yuventus» hujumchisi bitta avto uchun shuncha to‘ladi. 1500 ot kuchiga ega va maksimal tezligi 420 kilometr|soatga teng Bugatti La Voiture Noire 1909 yili asos solingan Fransiya kompaniyasining kichik yubileyi (110 yilligi)ga bag‘ishlab, ishlab chiqariladi. Mashina atigi 2,5 soniyada 100 kilometr|soat tezligini olishi mumkin. 14 soniya ichida esa sur’ati 300 kilometr|soatga chiqadi. 11 «limon» yevro - bu «toychoq»ning soliq to‘lovlaridan oldingi qiymati. Bugatti vakillari Jenevadagi ko‘rgazma vaqtida kelajak avtomobili uchun kompaniya mahsulotlarining ashaddiy ixlosmandi 16,5 mln. yevro to‘lashga rozi bo‘lganini aytishgandi. Biroq xaridor shaxsi oshkor qilinmagandi. Endi esa hamma Krishtianu Ronalduni dunyodagi eng qimmatbaho mashina sohibi sifatida ko‘rsatmoqda. Portugaliyalik yulduzning yillik daromadi chamasi 30 million yevroga tengligini hisobga olsak, u yangi «toychoq» yo‘lida taxminan 4 oylik ulushidan voz kechgani oydinlashadi. Vaholanki, futbolchi kelishuvga ko‘ra, qimmatbaho xaridini 2 yildan keyingina boshqarishi mumkin. Darvoqe, Bugatti hozircha La Voiture Noire salonini hech qayerda ko‘rsatmadi: na shaxsiy saytida va na Jenevadagi o‘sha taqdimotda. Ko‘rinishidan, salonni xo‘jayin talablari asosida eksklyuziv tarzda tayyorlashadi. Tushunarliki, Krishtianu ulkan avtoparkka ega. Uning ixtiyorida turli vaqtlarda xarid qilingan Lamborghini Aventator, Mercedes Clase C Sport Coupe, Rolls-Royce Phantom, Ujn Ferrari 599 GTO, Lamborghini Aventador LP700 -4, Aston Martin DB9, McLaren MP4 12C, Bentley Continental GTC Speed va bir necha Bugatti bor. Aytgancha, Ronaldu 2009 yili Ferrari 599 GTB Fiorano bilan tonnel devoriga urilgandi. O‘shanda mashina yaroqsiz holga kelgan bo‘lsada, o‘yinchining o‘zi jabr ko‘rmagan. Keyinchalik pachoqlangan Ferrarini eBay orqali sotishga urinib ko‘rishdi (50 ming yevroga). Ronalduning o‘zi esa Madridda yangi Ferrari 599 GTB Fiorano sotib oldi, garchi o‘sha payt bu rusumni ishlab chiqarish to‘xtatilgan bo‘lsada.

 

Uy

 

Ronalduning Turindagi hashamati - bu qadimiy turar-joy, aniqrog‘i, shohona qasr. 4,5 gektarga teng yashil xiyobonni o‘z ichiga olgan ushbu koshona binolari hududi 1000 kvadrat|metr bo‘lib, 3-qavatda ulkan 8ta yotoqxona mavjud. bundan tashqari, trenajyor zali, basseyn, bilyard stoli, spa-hudud futbolchi xizmatida. 2ta yashirin chiqish yo‘li esa xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan. Aytgancha, vaqtida Zayniddin Zidan va Fabio Kannavaro ham aynan shu qasrda yashashgan. Ronaldu barcha qulayliklarga ega turar-joyni sotib olgani yoki undan ijara kelishuvi asosida foydalanayotgani xususida aniq ma’lumot yo‘q. Shuningdek, qasrning asl bahosi ham noma’lum. Faqat bitta e’tiborli fakt bor: 2010 yili Irlandiya rok-guruhi - U2 Turindagi konsertiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida bir necha kun shu uyda turmoqchi bo‘lgan. Biroq musiqachilar o‘z fikrlarini tezda o‘zgartirishgan. Gap shundaki, ijara haqi ularga og‘irlik qilgan - 6 kun  uchun 280 ming yevro so‘rashgan ekan. Qolganini o‘zingiz tasavvur qilib olavering... 

Samolyot

Ronaldu ixtiyorida shaxsiy samolyot ham bor. 31,7 million yevroga sotib olingan Gulfstream G650 ham futbolchining dabdabaga to‘la hayotidan bir nishonadir.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 09:44, 14.05.2019.
O'qildi: 4721 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.