Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

O‘zbekiston va Turkmaniston Milliy olimpiya qo‘mitalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi

O‘zbekiston va Turkmaniston Milliy olimpiya qo‘mitalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Ma’lumki, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi mamlakatimizda olimpiya harakatini rivojlantirish, Olimpizm g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportni ommaviylashtirish yo‘lida qator mamlakatlar olimpiya qo‘mitalari, shuningdek nufuzli Xalqaro sport federasiyalari va tashkilotlari bilan mustahkam aloqalar o‘rnatib kelmoqda.

Bugun poytaxtimizdagi «Miran International Hotel Tashkent» mehmonxonasida O‘zbekiston va Turkmaniston Milliy olimpiya qo‘mitalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu borada aynan Turkmaniston Milliy olimpiya qo‘mitasining tanlanishida ham o‘ziga yarasha sabablar bor. Avvalo, ikki qo‘shni mamlakat va qardosh xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik aloqalarini sport sohasida ham rivojlantirish, qolaversa, qator sport turlari bo‘yicha tajriba almashish, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etishda ham ramziy ma’no mujassam.

Ma’lumki, Turkmaniston 2017 yili Jang san’ati va va yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilgan. Ushbu mamlakat yirik kompleks sport musobaqasini o‘tkazish borasida boy tajribaga ega. Qolaversa, mamlakat poytaxti Ashxobod shahrida mazkur yirik kompleks musobaqa munosabati bilan muhtasham Olimpiya shaharchasi va xalqaro standartlarga javob beruvchi ko‘plab sport inshootlari qad roslagan.

O‘zbekiston esa 2028 yili yozgi “Osiyo bolalari” o‘yinlari va 2030 yilgi Osiyo o‘yinlarini qabul qilish uchun harakat qilmoqda. Shunday ekan, bu borada Turkmaniston Milliy olimpiya qo‘mitasining tajribasi o‘zaro hamkorlikda as qotadigan muhim jihatlardandir.

Mazkur memorandum O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov va Turkmaniston MOQ Bosh kotibi Azat Muratov tomonidan imzolandi.

 

z

Memorandumga asosan, tomonlar o‘rtasida do‘stona va hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, ko‘pgina sport turlari bo‘yicha ikki mamlakat terma jamoalari o‘rtasida qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish, o‘zaro tajriba almashish, murabbiylar malakasini oshirish, o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 10:35, 14.05.2019.
O'qildi: 2366 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.