Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas 2-2 Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe

«Ronaldu qaytishini xohlaysizmi?» «Real Madrid» futbolchilari javob berishadi!

«Ronaldu qaytishini xohlaysizmi?» «Real Madrid» futbolchilari javob berishadi!

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 32-turida «Leganes» bilan bo‘lgan uchrashuvdan so‘ng «Qaymoqranglilar» ustoziga OAV tomonidan «Ronalduni ortga qaytishini istaysizmi?» deya savol beriladi. Zidandan tashqari bu savol «Real Madrid»ning bir nechta futbolchilariga beriladi va ularning Ronalduning ortga qaytishiga qanday fikr bildirishlari bilan qiziqishadi. Ishonchli manbaalarga suyangan holda biz bu intervyularni siz azizlar uchun tarjima qildik.

Zayniddin Zidan

Nima ham deya olaman? Biz kimni harid qilishimizdan qat’iy nazar  Ronalduning o‘rnini to‘ldira olmasligimiz kundek ravshan. U bizni va muxlislarni hayratda qoldiradigan darajada fantastik mavsumlarni o‘tkazdi va klub emblemasini jon jaxdi bilan himoya qildi. Biz va «Real Madrid» Ronalduning oldida o‘zimizni  qarzdormiz deb hisoblaymiz. Uning sharofati bilan biz dunyoda tengsiz klubga aylandik. Men uning yoshida bo‘lgan chog‘imda butsalarimni mixga ilgan edim. Mening jismoniy holatim futbol o‘ynashga qarshilik qilar, o‘zim ham futboldan charchagan edim.
Ronaldu esa, 34 yoshida kuchli chempionatda o‘zini ko‘rsatishdan charchamayapti. Uning tanasi ham, ruhi ham qarimaydiganlar sirasiga kiradi. Men uning yana bir necha yil birinchi raqamli futbolchi bo‘lib qolishiga tilakdoshman!

Luka Modrich

Ronaldu shunday o‘yinchi-ki, u qanday klubdan ketishidan qati’y nazar  o‘sha klub kuchsizlashib qoladi. Uning o‘rinbosarini topishning iloji yo‘q. U bizga hozirda ochiqchasiga aytganda yetishmayapti. Sababi, u har mavsumda «Real» uchun 50 ta gol urardi. Hozir, bunaqa futbolchini topishning iloji yo‘q. Aynan bizga bu mavsumda Krishning gollari yetishmadi deb hisoblayman.

Karvahal

Ronaldusi bor klub kuzer qartasi bor jamoaga o‘xshaydi. U istalgan raqibga qarshi baxsda Ronalduni ishga solib g‘alaba qozonishi mumkin. Bu mavsumda biz ko‘p gol urishga muvaffaq bo‘ldik biroq, keragidan ortiq o‘tkazib yubordik. Men Modrichning so‘zlariga qisman qo‘shilaman. Shunday bo‘lsada, biz o‘z ustimizda ishlashda davom etsak, maqsadga erisha olamiz deb hisoblayman.

Keylor Navas

Ronalduning ketishi bizga qattiq ta’sir qildi. Qanchalar ta’sir qilganini bu mavsumdagi natijlarimizga qarab bilib olishingiz mumkin. To‘g‘ri, Ronalduning ketishidan tashqari yana ayrim muommolar paydo bo‘ldi, biroq biz Ronaldudan boshqa hamma muommolarni hal qildik. Quyoshni qo‘l bilan to‘sib bo‘lmaganidek, biz Ronaldusiz bu mavsum o‘zimizga o‘xshamaganimiz hammaga shundoq ham ayon bo‘lib turibdi. U o‘z oldiga juda katta maqsadlar qo‘yib, maqsad sari tinimsiz odimlaydigan inson

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:56, 17.05.2019.
O'qildi: 24108 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.