Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/10 00:00 Real Madrid 1-0 Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK 2-2 Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor - Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl - Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor - Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) - Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa - Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya - Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

Samvel Babayan: «Murabbiylikka qaytish? Yo‘q, «pauza» bosdim»

Samvel Babayan: «Murabbiylikka qaytish? Yo‘q, «pauza» bosdim»

Baho:
+ | -

Bugun, 22 may kuni turli ijtimoiy tarmoqlar orqali taniqli mutaxassis, o‘z vaqtida “Paxtakor” va O‘zbekiston milliy terma jamoalarini boshqargan Samvel Babayan Toshkentning “Lokomotiv” klubiga bosh murabbiy etib tayinlanishi haqida xabarlar tarqaldi.

Bunday xabarlarning tarqalishiga sabab, so‘nggi vaqtlarda temiryo‘lchilarning na ichki, na xalqaro maydonda ishlari yurishyapti. Bu esa tabiiyki jamoa muxlislari va klub rahbariyatini qoniqtirmayapti.

Biroq, “Lokomotiv” klubi rasmiylari hamda Samvel Babayanning shaxsan o‘zi Worldnews.uz axborot agentligiga ma’lum qilishicha, ushbu xabarlar hali tasdiq topmagan. Babayan bu borada o‘zida istak borligini lekin hozircha murabbiylikga qaytishga tayyor emasligini aytdi.

“Hozircha men qandaydir lavozimga ko‘tarilmadim. Chunki o‘zim bunga qarshilik bildirdim. Zamonaviy tilda aytganda “pauza” berdim.

Murabbiy bo‘lishni istayman, ammo har narsaning o‘z vaqti keladi. Shunday ekan men hozircha “Lokomotiv”da murabbiy emasman. Bunday norasmiy xabarlarga ishonmasliklarini so‘ragan bo‘lar edim”, - deydi Babayan.

“Lokomotiv” klubi rasmiylarining ta’kidlashicha, murabbiy Andrey Fyodorov iste’foga chiqarilmagan. Temiryo‘lchilarni O‘zbekiston Superligasi 10-tur uchrashuvlari doirasidagi “Nasaf”ga qarshi safar o‘yiniga aynan Fyodorov boshqarib boradi. Mazkur o‘yinda qayd etilajak natija ko‘p jihatdan Fyodorovning kelgusi taqdiriga oydinlik kiritib beradi.

Shunday ekan, Samvel Babayan bugun bo‘lmasa keyinroq “Lokomotiv” bosh murabbiyiga aylanib qolishi ehtimoldan xoli emas.

Ma’lumot o‘rnida, Andrey Fyodorov 2018 yilning aprel oyida Andrey Miklyayev o‘rniga “Lokomotiv” bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.

Manba: Worldnews.uz
Kiritildi: 22:56, 22.05.2019.
O'qildi: 7805 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик