O‘zbekiston Supperligasi 10-tur o‘yinlari yakuniga yetdi. Har doimgidek tur lauretlarini e’lon qilishda davom etamiz.
Stadion.uz talqiniga ko‘ra Superliga 10-turining eng chiroyli goli deb “Bunyodkor” futbolchisi Nurillo To‘xtasinovning “Metallurg” darvozasiga kiritgan goli topildi.
Nurillo To‘xtasinov uzoq masofadan kuchli va aniq zarbaci bilan Lobanov qo‘riqlayotgan darvozaga to‘pni “mix”lab qo‘ygandi.