Ayni paytda ko‘plab sport turlari qatorida akademik eshkak eshish bo‘yicha terma jamoamiz vakillari ham Tokio Olimpiadasining yo‘llanmalarini qo‘lga kiritish uchun qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda. Tayyorgarlik rejasi asosida ular Belarusning Brest shahrida 30 may kuni xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlashadi.
Mazkur yig‘in 17 iyungacha davom etib, unda sportchilarimizning jismoniy tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratiladi. Mashg‘ulotlar yakuniga yetgach, terma jamoamiz Polshaning Poznan shahriga yo‘l olishi belgilangan. Aynan ushbu shahar 18-24 iyun kunlari akademik eshkak eshish bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqich bellashuvlariga mezbonlik qiladi.
Belarus va Polsha safariga terma jamoamiz 18 nafar sportchi va 4 murabbiy bilan yo‘l oladi.