Bolalarni himoya qilish xalqaro kuniga ham juda oz vaqt qolmoqda. O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi sog‘lom hayot tarzi uchun kurashayotgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida hayriya aksiyasini boshlagan edi.
Muborak Ramazon oyida O‘zPFL saratonga chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlash aksiyasini o‘tkazish bo‘yicha tashabbusni ilgari surdi. Quvonarli jihati shundaki, mazkur tashabbus barcha klublar tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi. Buaksiyadavomida Coca Cola Superliganing 9 va 10-turbellashuvlaridajamoalarqatortadbirlardaishtiroketishdi.
Dastlab Professional Futbol Ligasi mazkur aksiyaning birinchi bosqichini boshlab berdi. Tashkilot xodimlari 2 may kuni mamlakatning eng tajribali hakami Ravshan Ermatov bilan birgalikda Respublika onkologiya ilmiy markazining bolalar bo‘limiga tashrif buyurdi. Ko‘zni quvnatadigan darajada shirin bolajonlarga turli sovg‘alar, futbol liboslari, to‘plar ulashildi. Shuningdek, markazga moddiy yordam ko‘rsatildi.
Shundan so‘ng mazkur aksiyaga birin-ketin CocaColaSuperliga klublari qo‘shilishdi. Qator klublar hududlardagi ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga tashrif buyurishdi va ushbu hastalik bilan kurashayotgan bolajonlar holidan xabar olib, ularga mehr ulashishga intilishdi.
Ahamiyatli jihati shundaki, erkaklar jamoalari bilan bir qatorda “Andijanka” futbolchi qizlari ham “Saratondan soyabon bo‘l” nomli xayriya aksiyasi doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filialiga tashrif buyurib, mazkur dardga qarshi matonat bilan kurashayotgan bolalar holidan xabar olishdi.
Shuningdek, CocaColaSuperliganing 9 va 10-tur bellashuvlarida jamoalar mazkur aksiya doirasida qator tadbirlarda ishtirok etdilar. Har bir klub kamida bir nafardan saratonga qarshi kurashayotgan bolani o‘z uy uchrashuviga taklif etdi. O‘yin kuni stadionlarda hayriya qutilari o‘rnatildi. Uchrashuv oldidan esa saraton hastaligi bilan og‘rigan bolalar maydonga professional futbolchilar bilan birgalikda chiqib keldilar. O‘yin oldidan esa ushbu bolakay va qizaloqlarga O‘zPFL hamkori – “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi tomonidan 3 million so‘mlik cheklar ham taqdim etildi.
Afsuski, “Buxoro” jamoasi dardiga shifo izlashda ko‘mak bermoqchi bo‘lgan M. Mustafoyev bu olamni tark etdi. Shu boisdan “Buxoro” – “Dinamo” o‘yini 1 daqiqalik sukut bilan boshlandi.
Mazkur aksiya davomida barchani xushnud etuvchi holatlar ko‘p bo‘lganini ham qayd etish joiz. Zero “Navbahor” jamoasi o‘z uy uchrashuviga taklif etgan Saidkamol o‘yin oldidan jamoalar bilan birgalikda umumiy suratga tushdi va uchrashuvdan keyin har ikki jamoa ustozlari bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ham ishtirok etdi.
“Saratondan soyabon bo‘l” nomli aksiya doirasida ko‘mak ko‘rsatilgan bolakay va qizaloqlar:
Lokomotiv – Shahzoda Ro‘ziboyeva
Surxon – Komiljon To‘rayev
So‘g‘diyona – G‘ayratjon Qo‘chqorov
Navbahor – Saidkamol Olimjonov
Nasaf – Sevinch Sharipova
Dinamo – Azimxon Abdulazizov
Metallurg – Muhammadjon Erkinjonov
Qizilqum – Shohruh Mirzo Ismatullayev
AGMK – Azizbek Jumanov
Buxoro – M. Mustafoyev
Qo‘qon-1912 – Rahmatillo Umarov
Paxtakor – Polina Garifulina
Uy uchrashuvini endi o‘tkazadigan “Andijon” va “Bunyodkor” jamoalari esa mazkur aksiya doirasidagi tadbirlarini yaqin vaqt ichida o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.