Kirish Ro'yxatdan o'tish

MOQda ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi

MOQda ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Barchaga ma’lumki, so‘nggi yillarda sportning rivojlanib borishida nafaqat atletning tug‘ma qobiliyati va mehnati, balki unga taqdim etiladigan oziq-ovqat, farmokologik vositalarning ham o‘z o‘rni bor. Bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida atletlarimizni Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tibbiy-biologik jihatdan tayyorlash mavzusiga bag‘ishlangan katta ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbari va mutasaddi vakillari, MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining professorlari, yurtimizda faoliyat olib boradigan sport federasiyalar rahbariyati va shifokorlari, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari ishtirok etishdi.

Seminarda so‘zga chiqqan MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov sportchilarimizni Olimpiadaga tayyorlashda sohaning ne chog‘lik muhim ahamiyat kasb etishi va tibbiyot markazining faoliyatiga alohida urg‘u berib o‘tdi.

Tokio Olimpiadasiga juda oz vaqt qoldi. Buni har gal takrorlamoqdamiz. Shunday mas’uliyatni tushunib, ushbu seminarga kelganingiz yaxshi. Mana shunaqa imkoniyatlar yaratilganiga qaramasdan, negadir barcha federasiyadagi terma jamoa vakillari tibbiy ko‘rikdan o‘tgani kelavermaydi. Bunday holat bo‘lmasligi kerak. Axir bu imkoniyatlarning barchasi atletlarimiz uchun. Terma jamoa asosiy tarkibidagi sportchi 1 yilda kamida 2 marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tishi talab etiladi. Barchangizga ma’lum, hozirgi zamonda tibbiyot texnologiyalari rivojlanib, yuqori natijalar qayd etilishida farmokologik vositalarning o‘rni ortib bormoqda. Bulardan to‘g‘ri foydalanish va sohani yangi bosqichga olib chiqishda bu kabi seminarlar katta yordam beradi”, – dedi Rustam Shoabdurahmonov.

Seminar davomida MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining professorlari o‘z izlanishlari orqali jahon tajribalari asosida tayyorlangan taqdimotni yig‘ilganlar e’tiboriga havola qilishdi. Ta’kidlash joiz, sportchi yuqori natijalar qayd etishida uning turli rasionlar asosida kerakli ozuqa va vitaminlar bilan o‘z vaqtida ta’minlanib borishi muhim ahamiyat kasb etadi. Seminar davomida shundan kelib chiqib, bu jihatlarga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, federasiya shifokorlari ham o‘z bilim va ko‘nikmalaridan kelib chiqqan holda istiqbolli takliflarni kiritishdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 21:49, 28.05.2019.
O'qildi: 1764 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик