Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

O‘zbek sportning “Oltin genofondi” MOQda jam bo‘ldi

O‘zbek sportning “Oltin genofondi” MOQda jam bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘z tarixini unutgan millatning kelajagi yo‘q. Shuningdek, bu jumlani sport miqyosida ham qo‘llash mumkin. O‘tmishidagi taniqli sport faxriylarining boy tajribalaridan foydalanish muvaffaqiyatga erishishning yana bir kalitidir.

Bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida o‘tmishimizning eng yorqin sport faxriylari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Ushbu uchrashuv sport faxriylari va MOQ prezidenti o‘rtasida tashkil etildi. Unda tashkilot qoshida sport faxriylarlari, taniqli olimlar va arboblardan iborat Jamoatchilik Kengashini tuzish va ular bilan hamkorlikda ishlash borasida suhbat bordi.

Uchrashuvda Rustam Shoabdurahmonov sport faxriylarining sog‘lom turmush tarzi va sport ommaviyligini oshirish borasida tutgan o‘rni xususida to‘xtalib o‘tdi.

“Avvalo, taklifimizga yo‘q demasdan tashrif buyurganingiz uchun rahmat. Sizlar o‘zbek sportining “Oltin genofondi”sizlar. MOQ qoshida tuziladigan Jamoatchilik Kengashi o‘zbek sportini yangi bosqichga olib chiqishda katta yordam beradi.

Biz sizlardagi boy tajribadan foydalanishimiz kerak. Orangizda sportimiz taraqqiyotiga, uning bugungi zafarlariga tamal toshini qo‘ygan mutaxassisslar bor. Hozirda barcha sport federasiyalarida moddiy-texnik bazani yanada mustahkamlash borasida ish boshlayapmiz. Sizlardagi tajriba va ishtiyoq bilan sportimizning shonli tarixini qayta tiklaymiz”, – dedi Rustam Shoabdurahmonov.

Mazkur uchrashuvda boks, og‘ir atletika, qilichbozlik, futbol, sport kurashlari, badiiy va sport gimnastikasi, shuningdek, ilmiy soha yo‘nalishlarida shuhrat qozongan avlod vakillari qatorida suv polosi, chim ustida xokkey kabi sport turlarida Sobiq Ittifoq terma jamoasi bilan jahon chempionati, Olimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan vakillarimiz ham qatnashishdi.

Ta’kidlash joiz, bugun Milliy olimpiya qo‘mitasiga poytaxtimizda istiqomat qilayotgan faxriylargina tashrif buyurishdi xolos. MOQ kelgusida barcha viloyatlardagi sport faxriylari bilan ham izchil hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni, ularning ulkan tajribasidan sportimiz taraqqiyoti va Olimpiya harakati rivoji yo‘lida foydalanishni maqsad qilgan.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 21:01, 30.05.2019.
O'qildi: 2233 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик