Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Otabek Shukurov: «Milliy terma jamoa uchun borimni berishga tayyorman»

Otabek Shukurov: «Milliy terma jamoa uchun borimni berishga tayyorman»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov ayni kunlarda jarohatidan tiklanayotganidan xabaringiz bor. U joriy yilning mart oyida Xitoyda bo‘lib o‘tgan "China Cup" musobaqasida jiddiy jarohat olgandi. Mazkur jarohat tufayli Otabek Shukurov nafaqat terma jamoa tarkibidagi o‘rtoqlik o‘yinlarini, balki o‘z klubi "Sharja" tarkibidagi mavsumning so‘nggi tur o‘yinlarini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi. Uning jamoasi BAA chempionligiga erishib, Kubokni boshi uzra ko‘tardi. Mana shunday paytda Otabek jarohati sababli voqealarni maydon tashqarisida kuzatib bordi. Albatta, har bir futbolchi uchun bu og‘ir holat.

Tinimsiz mehnatlari orqali klub tarkibida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, jamoa chempionlikka yaqinlashgan paytda terma jamoa safida jarohat olib, futboldan tashqarida qolib ketish alamli holat. Lekin jarohatlar futbolning bir qismi. Hech qaysi futbolchi jarohatlardan kafolatlanmagan. Otabek Shukurov O‘FA Matbuot xizmati bilan suhbatda buni juda yaxshi tushunishini, terma jamoa uchun o‘yinda jarohat olganiga qaramay, jarohatidan tiklangandan keyin yana O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun borini berib maydonda harakat qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
 
"Xitoy bilan o‘yindagi jarohat alamli bo‘ldi. O‘sha payt ko‘z oldimda ko‘p narsa o‘tdi. Jahon chempionati saralash o‘yinlari boshlanishiga oz fursat qolgandi. Qolaversa, "Sharja" tarkibida chempionlik masalasi hal bo‘ladigan muhim o‘yinlar kutib turgandi. Shu sababli dastlabki paytda tushkunlikka tushib qoldim. Lekin atrofdagilar meni ruhan qo‘llab-quvvatlab turishdi. Terma jamoadagi do‘stlarim, yaqinlarim, klubim vakillari, O‘FA vakillari... Qiyin paytda yonimda turib, menga dalda bo‘lishgani uchun barcha-barchaga rahmat aytmoqchiman. Shu kunlarda yurtimizdagi OAVga  bergan intervyuimdagi ba’zi fikrlar muxlislarda noto‘g‘ri tushuncha hosil qilmoqda. Fursatdan foydalanib, shunga ham oydinlik kiritib ketsam.

Jarohat olganimdan so‘ng, terma jamoa shifokorlari zudlik bilan birinchi yordamni ko‘rsatishdi. Keyin mahalliy shifoxonaga olib borishdi. U yerda jarhatni davolash ikki yo‘li borligi: yo operasiya qilish kerak yoki gips qilish zarurligi aytib o‘tildi. Meni "Sharja" bilan shartnomam mavjud bo‘lib, bunday hollarda klubning roziligi olish kerak bo‘ladi. Klub bilan aloqaga chiqqanimizdan keyin, ular operasiya qilishga ruxsat berishmadi. Bu masalani Dubayga borganimdan keyin hal qilishlarini aytishdi. Biz shunga amal qildik. Bu vaziyatda O‘FA yoki terma jamoa menejerlari klub ruxsatisiz hech narsa qila olishmasdi. Ular imkon qadar jarohatimni tezroq bitishi uchun kerakli chora-tadbirlarni ko‘rishdi.

"Sharja" klubi ixtiyoriga yetib borganimdan keyin, klub shifokorlari Londonda operasiya qildirishga qaror qildi. Xudoga shukr, operasiya muvaffaqiyatli o‘tdi. Hozirda jarohatdan tiklanish jarayoni yaxshi kechmoqda. Nasib qilsa, sentyabr oyida boshlanadigan Jahon chempionati saralash o‘yinlariga qadar maydonga qaytishni rejalashtirmoqdaman. Maqsadim — bo‘lajak muhim o‘yinlarda terma jamoaga yordam berish. Milliy terma jamoa uchun hamisha borimni berishga tayyorman", — dedi Otabek Shukurov.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 16:03, 10.06.2019.
O'qildi: 5090 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.