Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

Ektor Kuper: "Sentyabrda boshlanadigan Jahon chempionati saralash o‘yinlarida bundan ham yaxshiroq o‘yin namoyish qilamiz"

Ektor Kuper: "Sentyabrda boshlanadigan Jahon chempionati saralash o‘yinlarida bundan ham yaxshiroq o‘yin namoyish qilamiz"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston - Suriya uchrashuvidan keyin matbuot anjumani tashkil etildi. Unda dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Fajr Ibrohim qatnashdi. 

"O‘zbekiston terma jamoasini bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Biz Toshkentga bir qator yetakchi futbolchilarimizni olib kelmadik. Asosan yosh futbolchilar bilan tashrif buyurdik. Shu sababli bugungi o‘yinda himoyada ba’zi xatolarga yo‘l qo‘ydik. O‘zbekiston terma jamoasining Turkiya va KXDRga qarshi o‘yinlarini tahlil qilib chiqqandik. Bugungi raqibimizning himoya chizig‘i kuchli ekanini yaxshi bilardik. Ikkinchi taymda tashabbusga ega bo‘ldik, lekin baribir O‘zbekistonning himoyasini yorib o‘ta olmadik", - dedi Fajr Ibrohim.

Shundan so‘ng Ektor Kuper jurnalistlar savollariga javob berib o‘tdi. 

"Bugun ijobiy natijaga erishdik. Lekin o‘yin davomida ba’zi rejalarimiz o‘xshamadi. Ba’zi vaziyatlarda o‘ylab qo‘ygan ishlarimizni amalga oshira olmadik. Sentyabr oyida boshlanadigan Jahon chempionati saralash bahslarida bundan yaxshiroq o‘yin namoyish qilamiz. 

Biz yig‘inga chaqirilgan barcha futbolchilarni sinab ko‘rishga harakat qildik. Bugun ko‘p hujumlar Eldor Shomurodov orqali tashkil qilindi. To‘g‘ri, bir futbolchiga bog‘lanib qolmaslik kerak. Lekin bu samara berayotgan ekan, biz bundan foydalanishda davom etamiz. 

Tarkibda hech kimga joy kafolatlanmagan. Sardorimiz Odil Ahmedov bugun yaxshi o‘ynadi. Bu futbolchining bizga hali ko‘p foydasi tegishi mumkin. Lekin kerak bo‘lsa Odil Ahmedovni ham almashtirishimiz mumkin. Asosiy tarkibda eng munosiblar maydonga tushadi", - dedi Kuper.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 21:50, 11.06.2019.
O'qildi: 8478 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.