Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi

Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida tashkilotning navbatdan tashqari XXXV Bosh Assambleyasi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, MOQ rahbari Rustam Shoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, MOQ Ijroiya qo‘mitasi a’zolari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Mazkur Assambleya kun tartibiga qo‘yilgan asosiy masala MOQ vise-prezidentlari Ahmadjon Rahimov hamda Komiljon Ro‘ziyevning o‘z xohishlariga ko‘ra yozgan arizasi asosida lavozimidan ozod etish masalasini ko‘rib chiqish va ularning o‘rniga yangi nomzodlarni saylash bo‘ldi.

Yig‘ilishni MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov olib bordi. Arizalar qabul qilingach Milliy Olimpiya qo‘mitasi vise-prezidentligiga O‘zbekiston dzyudo federasiyasi raisi lavozimida ishlab kelgan Aziz Yakubdjanovich Kamilov hamda O‘zbekiston boks federasisi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Saken Jetibayevich Polatov nomzodlari taklif etildi. Assambleya ishtirokchilari tomonidan ko‘rsatilgan har ikki nomzodlar bir ovozdan ma’qullandi va Aziz Kamilov hamda Saken Polatov O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi vise-prezidentligiga saylanishdi.

 

Bosh Assambleya doirasida so‘zga chiqqan MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov yangi lavozimga saylangan mutasaddilarning faoliyatiga omad tilab, Olimpiadaga tayyorgarlik borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Ma’lumki, Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik bo‘yicha tezkor reja ishlab chiqqanmiz. Bu borada ishchi guruhlari tuzilgan va mutaxassislar o‘zlariga biriktirilgan vazifalarni bajarishmoqda. Reja hukumatimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va nima yordam kerak bo‘lsa bizdan ayashmayapti. Buning uchun rahbarlarimizga chuqur minnatdorchilik bildirib qolaman. Agar biroz tahlil qilib ko‘rsak, Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik deyarli bir xil olib borilayotgandi. Federasiyalar Olimpiadaga avvalgidek tayyorlanishmoqda. Bu borada yangicha qarashlar, izlanishlar, yangi g‘oyalar ko‘rinmayapti. O‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ham sportchilarimiz o‘zaro kurashib, bir birlariga sparring raqib bo‘lib yurishibdi. Ayni paytda Pan Amerika mintaqasida o‘zlarining ichki musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqalar yakunlanganidan keyin ushbu mintaqaning boks, qilichbozlik va dzyudo sport turlari bo‘yicha terma jamoalari yurtimizda qo‘shma yig‘in o‘tkazishadi. Bizga mana shunaqa yangicha g‘oyalar va takliflar kerak. Yana bir marta qaytarib aytaman, siz federasiya vakillari bizlar uchun emas, biz sizlar uchun ishlaymiz. Shunday ekan, bu borada o‘z takliflaringizni kiriting. Biz sizlarga yordam beramiz”, – dedi Rustam Shoabdurahmonov.

Shuningdek, Bosh Assambleya doirasida O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Komiljon Xudoyberganov, O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov, dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Farxod To‘rayevlar so‘z olib, yangi saylangan MOQ vise-prezidentlariga omad va zafarlar tilashdi.

Yig‘ilish davomida Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov hamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev sohada olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi. Jumladan, Aziz Abduqaxxorovich Tokio Olimpiadasiga vaqt juda oz qolgani, tayyorgarlikni kuchaytirish lozimligi, davlatimiz tomonidan ajratilgan mablag‘lar to‘g‘ri va maqsadli sarflanishini jiddiy nazoratga olish, bu borada monitoring ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha mutasaddilarga kerakli ko‘rsatmalar berdi. Shuning bilan MOQning navbatdan tashqari XXXV Bosh Assambleyasi o‘z ishini yakunladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 19:42, 14.06.2019.
O'qildi: 4991 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.