Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ravshan Ermatov: «Yagona maqsad yo‘lida futbolga xizmat qilsak, har qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tamiz»

Ravshan Ermatov: «Yagona maqsad yo‘lida futbolga xizmat qilsak, har qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tamiz»

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar berib o‘tgandik. Mazkur yig‘ilishda Ravshan Ermatov O‘FA vise-prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib saylandi. Ravshan Sayfiddinovich yig‘ilishda so‘zga chiqar ekan,barchamiz bir maqsad yo‘lida futbolga xizmat qilsak, barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tishimiz mumkinligi haqida aytib o‘tdi.
 
"Yuksak ishonch uchun muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev va sizlarga katta minnatdorchiligimni bildiraman. Qolaversa turli yillarda futbolimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan, futbolimiz rahbarlari va mutaxassislariga futbol jamoatchiligi va o‘z nomimdan katta rahmat aytaman.
 
Ochig‘i, bu yerda turishdan ko‘ra futbol maydonida turish qulayroqdek tuyulmoqda. Lekin futbolimiz oldida turgan og‘ir, jiddiy va mas’uliyatli vazifalarni bilib turib, bir chekkada tomoshabin bo‘lib turish — ona Vatanimni sevishim, futbolni yaxshi ko‘rishim va vijdonimga aslo to‘g‘ri kelmaydi.
 
Albatta, futbol bu jamoaviy o‘yin. Agarda barchamiz birlashib, ahil bo‘lib, faxriylarimiz duosini olib, mutaxassislarimiz, muxlislarimiz, hammamiz halollik bilan adolat bilan yondoshib, borimizni berib, yagona maqsad yo‘lida futbolga xizmat qilsak, ishonchim komilki, har qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tamiz. Barchangizga yana bir bor rahmat aytib qolaman", — dedi O‘FA vise-prezidenti Ravshan Ermatov.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 22:44, 14.06.2019.
O'qildi: 6815 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик