Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Aleksandr Xomyakov: «Men sehrgar emasman»

Aleksandr Xomyakov: «Men sehrgar emasman»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 11-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "Metallurg" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng tashkillashtirilgan matbuot anjumaning ikkinchi qismida "Andijon" jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.

- To‘g‘ri, hozir xafaman. Debyut uchrashuvda g‘alaba qozonishni juda hoxlagandim. Futbolchilar ham shuni hoxlashganini ko‘rish mumkin edi. Vaziyatga real baho beradigan bo‘lsam, bu o‘ynimiz bilan g‘alaba qozonishimiz murakkab edi. Hujumdagi rejalarimiz amalga oshmadi. Ikkinchi bo‘limda ko‘proq himoyaga yotib qoldik, himoyadan chiqib keta olmadik. Shuning uchun durang adorlatli natija bo‘ldi deb o‘ylayman. Himoyadan chiqib ketishimizda qiyinchilikka duch keldik, 45 daqiqa mobaynida hisobni ushlab qolish uchun o‘ynashni ilojisi yo‘q. Qaytarib aytaman, g‘alaba qozonish uchun bu o‘yinimiz kamlik qildi.

-  Bugun muxlislar boshqacha o‘yin kutishgan edi, lekin o‘yin surati o‘zgarganga o‘hshamadi.

- Fikringizga to‘liq qo‘shilaman. Kelganimdan beri shu kungacha hujum uyushtirish ustida ishladik. Pozision hujumlar uyushtirish ustida ishladik. Himoyamizni oldinroqqa olib chiqishga harakat qildik, lekin, ko‘rib turganingizdek, aytarli hech narsa o‘zgarmagandek turibdi. Ammo, siz ham tushunishingiz kerak, 4-5 tur jamoa avvalgidek o‘yin namoyish etadi, men ham sehrgar emasman hamma narsani birdan o‘zgartirib yuboradigan. Oldimizda vaqtimiz kam. Hozir men ko‘proq vaqtni futbolchilar bilan suhbatlashishga sarflashim kerak. Ularga boshqa futbol o‘ynashimiz kerakligi haqida uqtirishim kerak. Bizga faolroq va agressiv futbol kerak. Shundagina muxlislarimizni xursand qila olamiz, ularni shu orqali stadionga qaytara olamiz. Shuningdek, muxlislar oldida g‘alaba qozona olmaganimiz uchun ulardan so‘ramoqchiman. Men ularga ozgina sabr qilishlarini va bizga ishonishlarini so‘rab qolardim.

- Birinchi davradan keyin tarkibda keskin o‘zgarishlar bo‘lishi kerak deb o‘ylaysizmi?

- Bu haqda biror fikr bildirishga sal erta. mavjud futbolchilar bilan umumiy til topishishga harakat qilyapmiz. Qaytarib aytaman, hozirgi futbolchilar bilan gaplashishim kerak, ularni ichidagi gaplarini bilishim kerak, shundan keyingina xulosa chiqaraman. Shu bois, tarkibda bo‘ladigan o‘zgarishlar haqida gapirishga hali sal erta.

- Keyingi uchrashuv "Buxoro" bilan bo‘ladi. Jamoangizga O‘zbekiston Kubogida qanaqadir vazifa bormi?

- Biz har bir uchrashuvni muhim deb hisoblaymiz. Ko‘ryapsiz, hozir yutmayapmiz, shu sababli g‘alaba ta’mini totib ko‘rishimiz kerak. Albatta, O‘zbekiston Kubogida ham yaxshi ishtirok etib, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Biz 19 iyun kuni "Buxoro" bilan bo‘ladigan o‘yinga o‘rtoqlik uchrashuvi sifatida qaramaymiz. Shunday o‘yinlar orqali o‘z o‘yinimizni topishimiz kerak, hujumkor futbol o‘ynashni o‘rganishimiz, o‘zlashtirishimiz kerak, ko‘p vaqtimiz yo‘q, biroq biz harakat qilamiz maqsadimiz sari.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:06, 17.06.2019.
O'qildi: 2307 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик