Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

Amerika kubogi-2019. Paragvay Qatar bilan durang o‘ynadi (video)

Amerika kubogi-2019. Paragvay Qatar bilan durang o‘ynadi (video)

Baho:
+ | -1

Kopa Amerikaning dastlabki kichik sensasiyalaridan biri "V" guruhida qayd etildi. Musobaqada ilk marta ishtirok etayotgan Qatar terma jamoasi Janubiy Amerikaning kuchli termalaridan biri — Paragvay bilan jangovor durang o‘ynadi.

Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq to‘p himoyachining qo‘liga tekkani bois hakam qatarliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. Kordoso kuchli zarba bilan hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida paragvayliklarning goli VAR tufayli bekor qilingan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmasdan Gonsales olis masofadan raqib darvozasini ishg‘ol qildi — 2:0.

Ushbu goldan keyin o‘yin taqdiri hal bo‘lgandek edi go‘yo, ammo osiyoliklar taslim bo‘lishmadi. Dastlab Ali Almoyz jarima maydonchasi tashqarisidan aylanma zarba bilan to‘pni Fernandes qo‘riqlayotgan darvozaga joylab qo‘ydi. Uning goli chiroy borasida Gonsalesnikidan kam bo‘lmadi.

O‘yin tugashiga 13 daqiqa qolganida Qatar chiroyli kombinasiya tashkil qildi va Xuxiy yakkaka-yakka vaziyatga chiqib, darvozani ishg‘ol qildi — 2:2.

Tabiiyki, bu natija Paragvay terma jamoasi futbolchilarini qoniqtirmadi.

Amerika kubogi, "V" guruhi, 1-tur
Paragvay – Katar 2:2 (1:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 4, penalti Kardoso, 2:0 – 56 Gonsales, 2:1 – 68 Ali, 2:2 – 77 Xuxi.
Paragvay – Fernandes, Balbuena, Arsamendiya, Valdes, Alonso, Ortis, Roxas (Sanches, 79), Almiron, Peres (Gonsales, 46), Dominges (Iturbe, 83), Kardoso.
Katar – Ash-SHiyb, Salmon, Hassan, Pedru Migel, Ar-Roviy, Xatim (Budiaf, 88), Xuxiy, Madibo, Xolid, Afif, Ali.
Ogohlantirishlar: Madibo (11), Salman (26), Peres (40), Xassan (61), Xuxi (71), Balbuena (80).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 04:33, 17.06.2019.
O'qildi: 10379 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.