Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Amerika kubogi-2019. Urugvay Ekvadorni tor-mor etdi (videosharh)

Amerika kubogi-2019. Urugvay Ekvadorni tor-mor etdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Amerika kubogida "C" guruhi jamoalari ham bahslarga kirishishdi. Urugvay terma jamoasi Ekvadorga qarshi maydonga chiqib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.

O‘yin debyutidayoq urugvaylik hujumchi Lodeyro chiroyli gol muallifiga aylandi. U qanotdan yetkazib berilgan uzatmani raqib jarima maydonchasi ichida dastlab ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirdi, ikkinchi urinishda himoyachi ta’qibidan qochdi va aniq zarba bilan hisobni ochdi.

Uchrashuvning 20-daqiqasida Ekvador himoyachisi Kintero havodagi to‘p uchun kurashda Lodeyroning yuziga tirsak qo‘ydi. Bu vaziyat uchun hakam futbolchiga dastlab sariq kartochka ko‘rsatgandi. Ammo u videotakrorlarni qayta-qayta tomosha qilib, "sariq"ni bekor qilib, Kinteroni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil bilan "siyladi". Ta’kidlash lozimki, himoyachi ushbu vaziyatdan bir necha daqiqa oldin ham raqib futbolchilaridan biriga tirsak bilan shikast yetkazishga uringan edi. Ammo dastlabki vaziyatni hakam bee’tibor qoldirgan edi.

Raqib maydonda bir kishi kam bo‘lib qolganidan keyin Urugvayning ishi ancha osonlashdi. Edinson Kavani "qaychi" uslubida darvozani zabt etgan bo‘lsa, birinchi bo‘lim tugash arafasida Luis Suares hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.

Bahs tugashiga 12 daqiqa qolganida urugvayliklar yana bir marta raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobning 4:0 bo‘lishini ta’minlashdi.

Amerika kubogi, "S" guruhi, 1-tur
Urugvay – Ekvador 4:0 (3:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 6 Lodeyro, 2:0 – 33 Kavani, 3:0 – 44 Suares, 4:0 – 78, avtogol Mina.
Urugvay – Muslera, Kaseres, Godin, Ximenes, Lodeyro (Torreyra, 75), Vesino (Valverde, 81), Laksalt, Nandes (Pereyro, 64), Bentankur, Suares, Kavani.
Ekvador – Dominges, Achilyer, Mina, Kintero, Kaysedo, Valensiya, Mena (Velasko, 29), Presiado (Ibarra, 46), Orexuela, Intriago, Valensiya.
Ogohlantirishlar: Lodeyro (14), Ximenes (63).
Chetlatish: Kintero (24).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 05:15, 17.06.2019.
O'qildi: 9508 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик