Kirish Ro'yxatdan o'tish

Messi: «Braziliya bilan to‘qnashuvda favorit jamoani aytish qiyin»

Messi: «Braziliya bilan to‘qnashuvda favorit jamoani aytish qiyin»

Baho:
+ | -

Amerika kubogi chorak final bosqichida Argentina Venesuelani mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Uchrashuvdan so‘ng "albiseleste" sardori Lionel Messi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«O‘ylashimcha, jamoamiz ancha ishonchli harakat qildi. Bu qiyin musobaqa. Unda har qanday jamoa istalgan raqibni mag‘lub etishi mumkin.

Biz o‘yinni to‘la nazorat qildik. Shuningdek, mudofaada muammolarga duch kelmadik. Bunday maydonlarda harakat qilish qiyin. Ular yomon ahvolda. Maydonlar sifatli o‘yin ko‘rsatishga xalal bermoqda.

Biz raqibning erkin harakat qilishiga yo‘l qo‘ymadik va qarshi hujumda ularni jazolash uchun imkoniyat kutdik.

Bizda yaxshi tarkib yig‘ilgan. Bu nafaqat futbol tomonlama, balki insoniylik jihatlari bo‘yicha ham.

Biz yarim finalda Braziliya bilan o‘ynash uchun katta yo‘lni bosib o‘tdik. Yuqori konsentrasiya bilan o‘ynashda davom etishimiz kerak. Bu to‘qnashuvda qaysi jamoa favorit ekanini aytish qiyin. Mezbonlar muxlislar qo‘llab-quvvatlashadi.

Skaloni murabbiylar shtabi va butun jamoani birlashtira oldi. Biz qo‘lni qo‘lga bergan holda maqsad sari intilyapmiz», – dedi Messi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 06:01, 29.06.2019.
O'qildi: 4374 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.