Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 05:00 Nottingem Forest - Brentford
26/04 16:30 Chelsi 1-0 Everton
26/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Xorazm
26/04 19:00 Mash’al 0-0 Surxon
26/04 19:00 Brayton 3-2 Vest Xem
26/04 19:00 Nyukasl 3-0 Ipsvich
26/04 19:00 Sautgempton 1-2 Fulhem
26/04 19:00 Vulverhempton 3-0 Lester
26/04 20:15 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
27/04 00:30 An-Nasr (SA) 4-1 Yokogama Marinos
27/04 15:30 Komo 1-0 Jenoa
27/04 18:00 Fiorentina 2-1 Empoli
27/04 18:00 Inter 0-1 Roma
27/04 18:00 Navbahor 3-0 Buxoro
27/04 18:00 Paxtakor 1-0 Sho‘rtan
27/04 18:00 Bornmut 1-1 Man. Yunayted
27/04 19:15 Vilyarreal - Espanyol
27/04 20:15 Nasaf - Qizilqum
27/04 20:30 Liverpul - Tottenhem
27/04 21:00 Yuventus - Monsa
27/04 21:30 Kavasaki Frontale - As-Sadd
27/04 23:45 Atalanta - Lechche
27/04 23:45 Napoli - Torino
28/04 19:00 Bunyodkor - OKMK
28/04 21:30 Udineze - Bolonya
28/04 23:45 Verona - Kalyari
28/04 23:45 Lasio - Parma

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu rukndagi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Antuan Grizman «Barselona» bilan shartnoma imzolaydi

«L'E equipe» nashrining xabar berishicha, «Atletiko Madrid» klubi hujumchisi Antuan Grizman «Barselona» klubi bilan shartnoma borasida kelishib oldi. Manbaaning xabar berishicha, 1-iyul sanasida futbolchining transfer narxi 120 millionga tushadi va «Barsa» uni xarid qiladi. Futbolchi Katoloniya klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Antuanning yillik maoshi 17millionni tashkil etadi.
Shu yilning may oyida Antuan «Atletiko Madrid» klubidan ketishi borasida bayonot bergan edi. Uning so‘zlari tobora haqiqatga aylanib bormoqda. Marka nashri Katalononiya sepur klubi Grizmanning transferi amalga oshmasligini ta’kidlayotgan bo‘lsa, «L’E quipe» nashri uning trasnferini deyarli rasman e’lon qildi. Qaysi nashrning ma’lumoti ishonchliroq ekanligni 1-iyul sanasida bilib olamiz.

Kristof Dyugahri De Ligtni tanqid qildi

Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi sanaladigan Dyugarri «Ayaks» klubi sardorini qattiq tanqid qildi.

De Ligtning miyyasida nimalar aylanmoqda? 12,13,14,15 million yevro?! Bu aslida nimani o‘zgartira oladi? Pul faqat 10 ta  mashinangni 11 ta qilishi mumkin, Yashaydigan uyingni 50 kvadrat metrga kattalashtirishi mumkin, ana bor yaxtang 10 metr uzunroq bo‘lishi mumkin, xolos. Hammasi shular uchunmi?

U ajoyib futbolchi. Men uning o‘yinlarini zavqlanib tomosha qilaman, biroq u shunday davom etadigan bo‘lsa  o‘z kelajagini havf ositiga qo‘yishi mumkin. Men «PSJ» klubi direktori va Leonardoni uni xarid qilish fikridan qaytgani bilan tabriklayman. Bu juda to‘g‘ri qilingan ish bo‘ldi – deb intervyu berdi sobiq futbolchi «Daily Maily» nashriga.

Joa Felish Neymardan keyingi o‘ringa chiqib oladi!

Portugaliyaning «Benfika» klubi futbolchisi Joa Felish bir oyog‘I bilan «Atletiko Madrid» futbolchisiga aylandi. Tomonlar futbolchining transfer narxi borasida to‘liq kelishib olishdi. Unga ko‘ra «matraschilar» futbolchi uchun 126 milion yevro to‘lashadi. Uning 120 millioni oldindan, qolgani esa bonuslar evaziga «Benfika» klubi g‘aznasiga borib tushadi!  Tez kunlarda amalga oshishi kutilayotgan transfer sodir bo‘lsa, Felish Neymardan keyingi  dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylanadi.

Beylning keyingi manzili aniq

“Bugun «Real Madrid» klubi xujumchisi Garet Beylning agenti Djonatan Barnett «Inter» klubi mutasaddilari bilan uchrashadi”, -  deb xabar bermoqda «Soccer.ru» sayti.
Tomonlar 30 yoshlik futbolchining keyingi manzili «Inter» bo‘lishi uchun harakatlarni boshlab yuborishdi. Muzokaralardan avval Beylning agenti o‘z mijozini hech qaysi klubda ijara asosida to‘p surmasligini e’lon qilgan edi. Endilikda «Inter» Beylni ijaraga olish variyantidan voz kechishi shart! Futbolchini qo‘lga kiritishni istasa  uni sotib olishi zarur.
Futbolchining taxminiy transfer qiymati 70 million atrofida baholanmoqda.

Rabio Ronaldu bilan jamoadosh bo‘ladi

«PSJ» klubi safidagi ajoyib o‘yinlari bilan futbol olamiga tanilgan fransiyalik futbolchi «Yuventus» o‘yinchisiga aylanadi va futbolchi «Yuve» bilan 4 yillik shartnomani imzolaydi. «Sky Sport» sayti jurnalisti Fabrisio Ramano o‘z instagram sahifasida bu transfer tez kunlarda e’lon qilinishi aytib o‘tdi. Agarda bu transfer amalga oshadigan bo‘lsa, «Yuventus» o‘z maydon markazini yanada kuchaytirib olishi mumkin.

Dani Alvez dunyo kezishda davom etadi

«PSJ» klubining sobiq futbolchisi Dani Alvez o‘z kariyerasini APLda davom ettirishni istamoqda. Hozirda uning hizmatlari bilan bir nechta APL klublari qiziqayotgan bo‘lsada, futbolchining o‘zi «Manchester Siti» klubida to‘p surishni istamoqda.
Bundan tashqari braziliyalik futbolchiga Italiyaning «Inter» klubidan ham rasmiy taklif kelib tushgan. Dani Alvez agarda «Man Siti»dan taklif tushmasa, boshqa klubga o‘tmoqchi ekanligini va Gvardiola bilan ishlash niyyati borligini o‘z ijtimoiy tarmoqlarida bayon qildi. Hozircha futbolchi bor e’tiborini «Kopa Amerika» musobaqasiga qaratgan, kelajagi borasidagi barcha savollarga turnirdan so‘ng javob bermoqchi.

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 13:33, 29.06.2019.
O'qildi: 11356 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz