Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

«Yuventus» futbolchilari Salahni kelishiga qarshimi?

«Yuventus» futbolchilari Salahni kelishiga qarshimi?

Baho:
+ | -

Transfer bozorida kutilmagan xodisalar bo‘lishi odatiy holga aylanib qolgan. So‘zimizga «PSJ» futbol klubi va De Ligtning mojarosi isbot  bo‘la oladi. Turin super klubi Ronalduning iltimosiga binoan Salahni jamoaga olib kelish borasida «Liverpul» klubi bilan muzokaralar olib borayotganidan xabaringiz bor. Ular transfer amalga oshishi uchun Dibalani ham «qizillar» safiga qo‘yib yuborishga tayyor. Bugun Salahning kelishiga «Yuve» futbolchilari qanday munosabat bildirishlari borasidagi savollarga oydinlik kiritib olamiz. Turin super klubi rasmiy sayti o‘z futbolchilari orasida kichik so‘rovnoma o‘tkazdi va futbolchilarning Salah transferiga qanday munosabat bildirishlari bilan qiziqdi. Biz esa bu intervyularning eng saralarini sizlar uchun ilindik.

Jordjo Kellini

Biz yomon mavsum o‘tkazmadik. Shunday bo‘lsada jamoamizni kuchaytirishimiz shart. Oldimizga katta maqsadlar qo‘yganimiz bois biz o‘z tariximizdagi eng qudratli «Yuventus»ga aylanishimiz shart! Aynan shu maqsadda Ronalduni xarid qildik va kuchli jamoa bo‘lish uchun ilk qadamimizni tashladik. U «Yuve»ga tez kirishib ketganidan mamnunman. Salah borasida faqat yaxshi so‘zlarni aytishim mumkin. U ajoyib yigit. Men uning maydonda nimalar ko‘rsata olishiga guvoh bo‘lganman. Bir so‘z bilan aytsam, u o‘z ishining chinakam ustasi. O‘ylashimcha Salah bizga albatta as qotadi. Ikardi borasidagi mish-mishlarga keladigan bo‘lsam, uni jamoamizda ba’zi yigitlar xush ko‘rmasada, unga yordam qo‘lini cho‘zuvchi futbolchilar yetarlicha  topiladi.

Miralem Piyanich

Salahning «Yuventus» safiga o‘tishi katta voqeaga aylanishi mumkin. U «Liverpul»ni ikki bor YECHLning finaliga qadar olib chiqdi va jamoani super klubga aylantirdi. Shunday ekan, uni «Liverpul» qo‘yib yuborishiga ishonish juda mushkul. Kim ham dunyoning eng kuchli futbolchilaridan birini jamoasida olib qolishni xohlamaydi deysiz? U mehnatkash va kamtarin yigit. Bunday insonlar jamoamizga faqat va faqat quvonch olib kelishi mumkin.

Aleks Sandro

Salah bu mavsumda YECHLni yuta olmaganida allaqachon bizning klubga o‘tgan bo‘lar edi. Yurgen Klopp uning klubdan ketmasligi uchun hamma choralarni ko‘rib qo‘ygani uchun ortiqcha his-hayajonga berilmayapti. Agarda u boshqa klubga o‘tishni istagan taqdirda ham, misrlik futbolchi uchun «Real Madrid» va «Barselona» singari qudratli klublar asosiy da’vogar bo‘lib olishadi. Ammo Ronaldu uni tarkibimizga qo‘shib olishimiz uchun katta yordam berishi mumkin. Sababi, Ronaldu Salahni anchadan beri tarkibimizda ko‘rishni istamoqda. Salah ham bundan xabardor. Ularning do‘stligi bir jamoada davom etishi hech gap emas.

Dibala

Hozirda bor e’tiborimni terma jamoadagi faoliyatimga qaratganman. Biz millatimizning orzularidan birini amalga oshirish maqsadida bir tanu bir jon bo‘lib harakat qilyapmiz. Oldinda bizni Braziliyaga qarshi o‘ta muhim bahs kutib turibdi. Hozir o‘z kelajagim yoki klub haqida fikr bildirishni istamayman. Ayni damda kariyeramni davom ettirish uchun bir nechta ajoyib variyantlarga egaman. To‘g‘risi, Turinda qolishni istayman. Bu yer o‘z uyimdek qadrdon. Muxlislarga va jamoaga ancha o‘rganib qolganman. Shunday bo‘lsada, vaziyat taqozo etsa, klubni tark etishga ham tayyorman. Meni Salahga almashmoqchi bo‘lganlar bu variyantni unuting! Men ayni damda APLda to‘p surishni istamayman. Boz ustiga «Liverpul»da! Salahga keladigan bo‘lsak, u ajoyib futbolchi. Shunday bo‘lsada, bizning o‘z yetakchilarimiz mavjud va bizga boshqa yetakchining keragi yo‘q deb hisoblayman!

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 18:03, 01.07.2019.
O'qildi: 10802 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.